185-modda. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqining vujudga kelish payti Oldingi tahrirga qarang. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonunchilikda yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab
vujudga keladi.
(185-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Agar mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi
shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki tasdiqlangan paytdan boshlab, shartnomani ham
notarial tasdiqlash, ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur bo‘lganida esa — ro‘yxatdan
o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 84 , 111 , 186 , 365 , 388 , 390 , 424 , 481 , 486 , 488 , 490 , 493 , 513 , 531- moddalari . 186-modda. Ashyolarni topshirish Ashyolarni oluvchiga topshirish, shuningdek yetkazib berish majburiyatini olmagan holda
boshqa shaxsga berilgan ashyolarni oluvchiga jo‘natish uchun transport tashkilotiga yoki aloqa
tashkilotiga topshirish ashyolarni topshirish hisoblanadi.
Ashyo oluvchining yoki u ko‘rsatgan shaxsning ixtiyoriga amalda tushgan paytdan
boshlab oluvchiga topshirilgan hisoblanadi.
Ashyoni tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilayotgan paytgacha u
oluvchining ixtiyoriga o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, ashyo unga shu paytdan e’tiboran topshirilgan
hisoblanadi.
Konosamentni yoki ashyoga tegishli boshqa tasarruf etuvchi hujjatni topshirish ham
ashyoni topshirishga tenglashtiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 390 , 541 , 578 , 581-moddalari , 711-moddasining ikkinchi qismi .