Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun
undiruvni qarzdor garov
bilan ta’minlangan majburiyatni o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyatlarda
bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas
bo‘lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qo‘yilgan mol-mulkning
qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish
mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
(279-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
264, 265
,
267
,
269
,
274 — 278-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Garov to‘g‘risida”gi Qonunining
26-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan
ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 16-son qarorining 18-bandining
uchinchi xatboshisi
,
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Dostları ilə paylaş: