boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib
chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma
loyihasi) yo‘llagan taraf uchun majburiy bo‘lgan va unga o‘ttiz kun mobaynida shartnoma
loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yuboriladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar
bayonnomasini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani
uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.
Kelishmovchiliklar bayonnomasi rad etilganida yoki uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi
bildirish ko‘rsatilgan muddatda olinmaganida kelishmovchiliklar bayonnomasini yo‘llagan taraf
shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga
topshirishga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi
,
ikkinchi
,
uchinchi
va
to‘rtinchi
qismlarida nazarda tutilgan
muddatlar to‘g‘risidagi qoidalar, agar qonunchilikda boshqa muddatlar belgilangan bo‘lmasa
yoki taraflar ularni kelishib olgan bo‘lmasalar, qo‘llaniladi.
(377-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzishi majburiy
bo‘lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish
talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararlarni
boshqa tarafga to‘lashi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
365
,
367 — 377-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: