O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ofertaga taklif etish. Ommaviy oferta



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

369-modda. Ofertaga taklif etish. Ommaviy oferta
Nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llangan reklama va boshqa takliflar, agar taklifda
boshqacha hol to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ofertaga taklif etish deb qaraladi.
Shartnomaning barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan, taklif kiritayotgan shaxsning
javob qaytargan har qanday shaxs bilan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida shartnoma
tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan taklif oferta (ommaviy oferta) hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6

364, 365

367

426-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
25.12.1998-yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 
8, 9 moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
09.04.2018-yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonunining 
44-moddasi
.
370-modda. Aksept
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi.
Aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lishi kerak.
Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo‘yicha avvalgi
munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo‘lmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko‘rsatilgan
shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natish, xizmatlar
ko‘rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to‘lash va h. k.), agar qonunchilikda yoki ofertada
boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi.
(370-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 
2-bandi
,
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor
qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
203-son qarori 7-bandining 
birinchi, ikkinchi xatboshilari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin