O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

363-modda. Shartnomani sharhlash
Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so‘z va iboralarning asl ma’nosini e’tiborga
oladi. Shartnomaning sharti aniq bo‘lmasa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun
shartnomaning ma’nosiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar ushbu moddaning 
birinchi qismida 
bayon etilgan qoidalar shartnomaning
mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi
shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli
holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar,
taraflarning o‘zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning
keyinchalik o‘zlarini qanday tutganligi e’tiborga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6

353 — 363-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarori 3-bandining
uchinchi xatboshisi
.
27-BOB
ShARTNOMA TUZISh
364-modda. Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda
talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonunchilikda bunday turdagi shartnomalar
uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga
ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi.
(364-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi
taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6

353 — 363

366-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 
10-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son Qarorining 
5-
bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin