Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur bo‘lsa,
shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (ushbu
Kodeksning
185-moddasi
).
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
6
,
353 — 363
,
366, 367
,
370-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 203-son qarori 6-bandining
birinchi — ikkinchi
xatboshilari
.
366-modda. Shartnomaning shakli
Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan
har qanday shaklda tuzilishi
mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial
tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan
o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda
bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma
belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan,
shuningdek pochta,
telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi
tarafdan chiqqanligini
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li
bilan tuzilishi mumkin.
Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 370-moddasining
to‘rtinchi
qismida
nazarda tutilgan tartibda olingan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan
hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
105 — 108
,
110, 111-moddalari
, 480-moddasining
birinchi qismi
, 488-
moddasining
ikkinchi qismi
, 490-moddasining
birinchi qismi
,
504
,
513-moddalari
, 531-moddasining
uchinchi qismi
,
539-moddasi
, 558-moddasining
uchinchi qismi
,
565
,
574-moddalari
, 580-moddasining
birinchi qismi
,
603-moddasi
, 626 -moddasining
birinchi qismi
, 727-moddasining
birinchi qismi
, 733-
moddasining
birinchi qismi
, 745-moddasining
birinchi qismi
, 761-moddasining
birinchi qismi
, 774-
moddasining
birinchi qismi
, 817-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 832-moddasining
birinchi qismi
, 854-
moddasining
birinchi, ikkinchi qismlari
,
863
,
877-moddalari
, 903-moddasining
ikkinchi qismi
, 927-
moddasining
ikkinchi qismi
, 962-moddasining
uchinchi qismi
,
1069
,
1088, 1089-moddalari
, 1106-
moddasining
birinchi qismi
, 1181-moddasining
ikkinchi, uchinchi qismlari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni
11-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 02.06.2016-yildagi 185-son qarori bilan tasdiqlangn “Elektron
tijoratni amalga oshirish Qoidalari”ning
36-bandi
.
Dostları ilə paylaş: