Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi,
shuningdek “kooperativi” so‘zi yoki “matlubot uyushmasi” yoxud “matlubot jamiyati” degan
so‘zlar bo‘lishi kerak.
Matlubot kooperativining a’zolari ko‘rilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch
oy mobaynida qo‘shimcha badallar to‘lash yo‘li bilan qoplashlari shart.
Ushbu burch
bajarilmagan taqdirda kooperativ kreditorlarning talablariga muvofiq sud tomonidan tugatilishi
mumkin.
Matlubot kooperativining a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha har bir kooperativ a’zosi
to‘laydigan qo‘shimcha badalning to‘lanmagan qismi doirasida subsidiar javobgar bo‘ladilar. Bu
holda kooperativ a’zolari solidar javob beradilar.
Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan
ushbu Kodeksning tijoratchi
tashkilotlar to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llaniladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Matlubot kooperativlarining
huquqiy mavqeyi, shuningdek ular a’zolarining
huquq va
burchlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(73-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
74 — 78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 14.06.1991-
yildagi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi
birinchi qismi
, 8-moddasi
ikkinchi qismi
, 12-
moddasi
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunning
10-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: