Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
73 — 75
,
77, 78
,
329-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunining
10
,
13-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari
Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish,
shuningdek
mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat
tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin.
Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va o‘zga birlashmaga
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish
vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o‘zga
birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi
kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda
ishtirok etishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak
manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida
birlashmalar tuzishlari mumkin.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari o‘z mustaqilliklarini
va yuridik shaxs
huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydi.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari ularning majburiyatlari bo‘yicha
uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va
tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini ko‘rsatishi,
unga “uyushmasi”, “ittifoqi” so‘zlari yoki birlashma turini ko‘rsatadigan boshqa so‘z kiritilgan
bo‘lishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy
mavqeyining xususiyatlari
belgilanishi mumkin.
(77-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
73 — 76
,
78
,
329-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining
10-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining
26-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining
2-bandi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat
notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining
ikkinchi qismi
, 15-moddasining
ikkinchi qismi
.
(77-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Dostları ilə paylaş: