191-modda. Egasiz ashyo
Egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi.
Agar bu hol topilma to‘g‘risidagi, qarovsiz hayvonlar va xazina to‘g‘risidagi qoidalarda rad
etilmagan bo‘lsa, egasiz ko‘char ashyolarga egalik qilish huquqini
vujudga keltiruvchi muddat
asosida qo‘lga kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
187
,
192 — 196-moddalari
.
Egasiz ko‘chmas ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga oluvchi organ tomonidan
hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
84-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Egasiz ko‘chmas ashyo hisobga olinganidan keyin bir yil muddat o‘tgach,
davlat mol-
mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bu
ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga kirgan deb
hisoblash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishi mumkin.
(191-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
34-bobi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasi birinchi
qismining
sakkizinchi xatboshisi
.
Sudning hal qiluv qaroriga binoan davlat mulkiga o‘tmagan deb hisoblangan egasiz
ko‘chmas ashyo uni tashlab ketgan mulkdorning egaligiga, foydalanishiga va tasarrufiga yana
qabul qilinishi yoki egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo‘lga
kiritilishi
mumkin.
Egasiz ashyolarni aniqlash va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 36-moddasining
oltinchi qismi
, Vazirlar
Mahkamasining 21.01.2006-yildagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni
hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 3-
son qarorining
15-bandi
.
Dostları ilə paylaş: