shaxsga topshirishga haqlidir.
(192-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
191
,
193, 194-moddalari
.
193-modda. Topilmaga egalik huquqini olish
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga
yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa
hamda ashyoni topgan shaxsga
yoxud ichki ishlar organiga, tegishli
davlat organiga yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ushbu ashyoga bo‘lgan o‘z huquqi to‘g‘risida arz
qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.
(193-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk
qilib olishdan bosh tortsa,
ashyo davlat mulkiga o‘tadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
191, 192
,
194-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: