Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquqiy faoliyat fakulteti b potok 2 – guruh talabasi Yangiboyev o’ngboyning fuqarolik huquqI modulidan Yozgan oraliq nazorat ishi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquqiy faoliyat fakulteti B potok 2 – guruh talabasi Yangiboyev o’ngboyning FUQAROLIK huquqI modulidan Yozgan oraliq nazorat ishi.
1
Fuqarolik huquqi
3-kazus:
A. sayyohlik yoʻllanmasi sotib olgan edi, biroq sayyohatga ketish kunidan 10 kun oldin ogʻir kasal boʻlib qoldi va bu haqda sayyohlik agentligini darhol xabardor qildi.
Sayyohlik firmasining mijozlarga xizmat koʻrsatish qoidalari quyidagi tartib belgilangan edi: Yoʻllanma qaytarib berilganda mijoz quyidagi tartibda yoʻllanmaning qiymatini toʻlaydi: joʻnashdan uch hafta oldin qaytarilganda 50%; oxirgi haftasida – 80%, bundan kamroq muddatda esa toʻliq summani toʻlaydi.
Savol: a) A yoʻllanmaning nechchi foizini qaytarishi lozim; b) A yoʻllanmaning muayyan qismini toʻlashdan ozod boʻlishi uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim; v) agar yoʻllanma qaytarilganidan keyin uni V. sotib olsa A. va sayyohlik agentligi oʻrtasida yoʻllanma haqini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlarda nimadir oʻzgaradimi?
Vaziyatga huquqiy baho bering.
2
Ushbu bizga berilgan muammoli vaziyatga yechim topishdan oldin biz qisqacha qilib haq evaziga xizmat ko’rsatish tushunchasi haqida ma’lumotaga ega bo’lishimiz kerak ya’ni Fuqarolik kodeksi 38 – bob 703 – moddasida belgilab qo’yilgan ya’ni “Haq evaziga xizmat ko’satish shartnomasi bo’yicha ijrochi buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy shaklda bo’lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to’lash majburiyatini oladi”.
Haq evaziga xizmat ko’rsatish faoliyatida o’z ichiga bir qancha soahalarda xizmat turini qamrab oladi ya’ni quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin: Aloqa xizmatlari, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xzimatlari, ta’lim berish, sayyohlik xizmativa boshqa shu kabi xizmat ko’satish turlarini biz xizmat ko’satish shartnomasiga tatbiq etishimiz mumkin.
Endi biz bevosita bizga berilgan muammoli vaziyatga qaytadigan bo’lsak, mazkur muammoli vaziyat xizmat ko’rsatish shartnomasi qoidalari bilan tartibga solinadigan holat hisoblanib ya’ni undagi muammolar quyidagicha:
A. sayyohlik yoʻllanmasi sotib olgan edi, biroq sayyohatga ketish kunidan 10 kun oldin ogʻir kasal boʻlib qoldi va bu haqda sayyohlik agentligini darhol xabardor qildi.
Sayyohlik firmasining mijozlarga xizmat koʻrsatish qoidalari quyidagi tartib belgilangan edi: Yoʻllanma qaytarib berilganda mijoz quyidagi tartibda yoʻllanmaning qiymatini toʻlaydi: joʻnashdan uch hafta oldin qaytarilganda 50%; oxirgi haftasida – 80%, bundan kamroq muddatda esa toʻliq summani toʻlaydi.
Ushbu holatda quyidagicha savollar yuzaga keladi ya’ni:
a) A yoʻllanmaning nechchi foizini qaytarishi lozim;
b) A yoʻllanmaning muayyan qismini toʻlashdan ozod boʻlishi uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim;
3
c) agar yoʻllanma qaytarilganidan keyin uni V. sotib olsa A. va sayyohlik agentligi oʻrtasida yoʻllanma haqini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlarda nimadir oʻzgaradimi?
Fuqrolik kodeksi haq evaziga xizmat ko’satish shartnomsiga ko’ra ushbu holatda taraflarning ya’ni buyurtmachi A va ijrochi bo’lgan sayyohlik agentligining majburiyatlari quyidagicha:
Buyurtmachi – tegishli xizmat ko’satilishidan manfaatdor bo’lgan va bu xizmatni o’ziga yoki u ko’satgan boshqa shaxsga ko’rsatilishi uchun buyurtma beruvchi shaxs hamda ushbu shartnoma bo’yicha buyurtmachining asosiy majburiyati o’ziga ko’satilgan xizmat uchun shartnomada belgilangan haqni o’z vaqtida to’lash yoki to’lab borishdan iboratdir.
Ijrochi – buyurtmachi bilan kelishilgan holda o’z zimmasiga olgan xizmatini haq evaziga amalga oshiruvchi, tegishli malaka, mutaxassislikka va vakolatga ega bo’lgan shaxs. Hamda haq evaziga xizmat ko’satish shartnomasida xizmat ko’satish shartnomasida xizmat ko’satuvchi ya’ni ijrochining asosiy majburiyati, buyurtmachi tomonidan zimmasiga yuklatilgan (buyurilgan) ashyoviy ko’rinishga ega bo’lmagan xizmatni shartnomada belgilangan tartib va shart asosida bajarishdan iboratdir.
Endi biz mazkur muammoli vaziyatdan kelib chiqqan holda haq evaziga xizmat ko’satish shartnomasini bekor qilish hamda xizmat uchun haq to’lash asoslarini tahlil qilamiz ya’ni Fuqarolik kodeksi 705 – moddasida keltirilishicha “Buyurtmachi o’ziga ko’satilgan xizmat haqini haq evaziga xizmat ko’satish shartnomasida ko’rsatilgan muddatlarda va tartibda to’lashi shart”Bu qoidadan biz shuni ko’rishimiz mumkinki mazkur muammoli holatdagi buyurtmachi ya’ni fuqaro A sayyohlik yo’llanmasini sotib olgan edi, biroq sayyohatga ketish kunidan 10 kun oldin ogʻir kasal boʻlib qoldi va bu haqda sayyohlik agentligini darhol xabardor qildi. Bu holatda u sotib olish uchun tegishli
4
miqdordagi pul summasini to’lagan ammo o’ziga bo’g’liq bo’lmagan holda u kasal
bo’lib qoladi va shartnomani bekor qilish uchun agentlikga xabar beradi, ammo Sayyohlik firmasining mijozlarga xizmat koʻrsatish qoidalari quyidagi tartib belgilangan edi: Yoʻllanma qaytarib berilganda mijoz quyidagi tartibda yoʻllanmaning qiymatini toʻlaydi: joʻnashdan uch hafta oldin qaytarilganda 50%; oxirgi haftasida – 80%, bundan kamroq muddatda esa toʻliq summani toʻlaydi. Bu holatda agar ijrochining aybi bilan sgartnomda belgilab qo’yilgan majburiyatlarini umuman yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, u keltirgan zararni buyurtmachiga batamom to’lashi shart, lekin bu to’lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo’lishi mumkin emas. Agar buyurtmachining aybiga ko’ra majburiyatni bajarish mumkin bo’lmagan taqdirda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, xizmatga bahosi butunlay to’lanishi kerak. Ammo bizga berilgan berilgan kazusda boshqacha vaziyat keltirilgan fuqaro A ning ko’rinib turgan aybi bilan emas, balki u kasal bo’lib qolganligi uchun shartnomani to’xtatmoqchi bo’lgan, fuqaro A ning qaysidir ijtimoiy xatti- harakati tufayli bu yerda haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasiga ta’sir etmagan, bu holatda na ijrochi na buyurtmachi javob bermaydigan holatlar bo’yicha vujudga kelgan bo’lsa, Fuqarolik kodeksi 705 – moddasiga ko’ra buyurtmachi ijochiga uning xizmat ko’rsatish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini to’lash kerak. Bunda ijorchining xizmat ko’rsatishdan ozod qilishini munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo’lgan foydasi bunday xarajatlar sirasiga kirmaydi. Kazusda berilgan sayyohlik xizmatini ko’satish agentlinini mijozlarga xizmat koʻrsatish qoidalari bu umumiy qoidalar uchun hisoblanadi ya’nio qachonki buyurtmachi real vaziyatda yo’llanmadan voz kechsa, yoki sayohatga borishdan bosh tortib, shartnomani bekor qilsa unda sayyohlik firmasining belgilab qo’ygan miqdordagi yo’llanmaning foizini qaytarishlari kerka bo’ladi, ammo fuqaro A ning kasa bo’lib qolishi unga tegishli holatda emas shuning uchun fuqaro A shartnomaning bekor bo’lgunigacha
5
bo’lgan vaqtda oralig’ida sayyohlik agentligi qilgan haqiqiy xarajatlarini qoplab
beradi, chunki bu holatda ikkala tarafning ham aybi yo’q, bu qoida esa fuqarolik kodeksi 705 – moddasi ikkinchi qismida belgilab qo’yilgan. Va keying savol A yoʻllanmaning muayyan qismini toʻlashdan ozod boʻlishi uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim; bu holatda takidlaganimizdek ikkala tomonning ham aybi yo’q, ushbu holatda qaysi tomon shartnomani bekor qilayotgan bo’lsa usha tomon, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasini tugatilishida aybi yo’qligi yoki o’ziga tegishli bo’lmagan holatda bekor qilinayotganligini ishbotlasagina, ikkinchi tomon belgilab qo’ygan foizni to’lashdan ozod etiladi va ijrochining qilgan haqiqiy xarajatlari qoplab beriladi. Va oxirgi savolga javob beradigan bo’lsak ushbu holatda yo’llanma qaytarilib ma’lum miqdordagi sayyohlik agentligi qilgan haqiqiy xarajatlar to’langandan so’ng, qonunda yoki haq evaziga xizmat ko’satish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, sayyohlik firmasi qaytarib berilgan yo’llanmani boshqa shaxsga sotishi yoki tegishlicha xizmat ko’satishlari mumkin hisoblanadi, bu yerda fuqaro A sayyohlik agentligi bilan tuzilgan shartnomdagi huquq va majburiyatlaridan ozod etilgandan so’ng
28. Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar ashyolar qabul qilinishi mumkin. Biroq, lombard asosan garov munosabatlaridagina keng qoʻllanilishi mumkin.