16-BOB XUSUSIY MULK 207-modda. Xususiy mulk huquqi Oldingi tahrirga qarang. Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
(207-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 11-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari , “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasining 1-bandi , “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasining birinchi-ikkinchi qismlari . 208-modda. Xususiy mulk huquqining subyektlari Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy
fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining
subyektlari hisoblanadilar.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 16 , 58 , 69 , 74, 75-moddalari . 209-modda. Xususiy mulk huquqining obyektlari Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk
bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 16 , 169-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasi .