188-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolar va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda
nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda yuzaga keladi.
(188-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasi . 189-modda. Hamma yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan ashyolarni mulkka aylantirish Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda yovvoyi mevalar, yong‘oq, zamburug‘lar, rezavor mevalar hamda o‘simlik,
hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo‘lgan boshqa obyektlarini
yig‘ish yo‘li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
(189-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi , 30 , 34 , 36-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi , 29 , 34, 35- moddalari . Oldingi tahrirga qarang.