O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

181-modda. Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va
bekor bo‘lishi
Mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-
mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki
muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi, basharti
qonunchilikda yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa.
Xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqarishida bo‘lgan mol-mulkdan foydalanishdan
olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek unitar korxona yoki muassasa shartnoma
bo‘yicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa
qonunchilikda mulk huquqining vujudga kelishi uchun belgilab qo‘yilgan tartibda korxona yoki
muassasaning xo‘jalik yuritishiga yoki operativ boshqarishiga o‘tadi.
Mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi mulkdorning
qarori bilan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda bekor qilinadi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
71, 72

182 — 186

197 — 200-moddalari
.
15-BOB
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELIShI VA UNING BEKOR BO‘LIShI
182-modda. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-
mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-
mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid
bo‘lmagan boshqa asoslar.
(182-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
183, 184

187-moddalari

69-bobi
, Mehnat kodeksining 
XV bobi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-
moddasi
, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususilashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 
1-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin