O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

179-modda. Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish
Davlat korxonasi o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni uning mulkdorining roziligi
bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat korxonasi o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni, agar qonunchilikda o‘zgacha tartib
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, o‘zi mustaqil tasarruf etadi.
(179-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat korxonasining daromadlarini taqsimlash tartibi uning mulkdori tomonidan
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
70 — 72

505-moddasi
, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-
son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizomning 
13

17-bandlari

VII bo‘limi
.
180-modda. Muassasa mol-mulkini tasarruf etish
Muassasa o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni va smeta bo‘yicha unga ajratilgan
mablag‘larga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga yoki o‘zgacha usul bilan
tasarruf etishga haqli emas.
Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan faoliyat bilan
shug‘ullanish huquqi berilgan bo‘lsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad
hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida
balansda hisobga olinadi.


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

76

329-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunining 
10

13-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin