O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkka nisbatan mulkdorning huquqlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

177-modda. Xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkka nisbatan mulkdorning huquqlari
Xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkning egasi qonunga muvofiq korxona tashkil etish,
uning faoliyat sohasini va maqsadlarini aniqlash, uni qayta tashkil etish va tugatish masalasini
hal qiladi, korxona direktorini (rahbarini) tayinlaydi, korxonaga qarashli mol-mulkdan
belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va uning saqlanishini nazorat qiladi.
Mulkdor korxonaning xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkni ishlatishdan kelgan
foydaning bir qismini olish huquqiga ega.
Unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli bo‘lgan ko‘chmas mulkni
mulkdorning roziligisiz sotishga, ijaraga berishga, garovga qo‘yishga, xo‘jalik shirkatlari va
jamiyatlarining ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda
tasarruf etishga haqli emas.
Korxonaga qarashli boshqa mol-mulkni u mustaqil tasarruf etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
70, 71

176-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi
“O‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘g‘risida” gi Qonunining 
24-moddasi
.
178-modda. Operativ boshqarish huquqi
Davlat korxonasi, shuningdek muassasasi o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka
nisbatan qonunda belgilab qo‘yilgan doirada, o‘z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning
topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradilar.
Davlat korxonasi yoki muassasasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkning egasi ortiqcha,
foydalanilmayotgan yoki noo‘rin foydalanilayotgan mol-mulkni olib qo‘yish hamda uni o‘zi
xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
72

76

177

180-moddalari
, 214-moddasining 
uchinchi qismi
, 215-
moddasining 
uchinchi qismi
, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan
“Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizomning 
IV bo‘limi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin