21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
259 -modda. Kreditorlarning talablarini qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulki hisobidan qanoatlantirish Qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, kreditorning mol-mulk bilan
ta’minlangan majburiyatlar bo‘yicha talablari ushbu mol-mulkning qiymatidan mazkur mol-
mulk o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda
qanoatlantiriladi. Kreditorning imtiyozli huquqi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-
mulkidan foydalanishdan yoki uni realizatsiya qilishdan olingan hosilga, mahsulotga va boshqa
daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, garov reyestriga qarzdorning mol-
mulkiga bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritgan kreditorlar garov reyestriga tegishli
yozuvni kiritmagan kreditorlar oldidagi o‘z talablarini qanoatlantirishda imtiyozli huquqqa ega
bo‘ladi.
Ayni bir mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida garov reyestriga yozuv kiritgan
kreditorlarning talablari quyidagi navbatga muvofiq qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda mazkur mol-mulkni ushlab qolish orqali ta’minlanadigan majburiyatlar
bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi;
ikkinchi navbatda majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni olish
yoki kreditor tomonidan ushbu mol-mulkni qarzdorga berishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi;
uchinchi navbatda, agar mol-mulk kreditor tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar yoki
mol-mulk hisobidan olingan (ishlab chiqarilgan) bo‘lsa, mol-mulk bilan ta’minlanadigan
majburiyatlar bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi;
to‘rtinchi navbatda mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan boshqa barcha majburiyatlar
bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati ular tomonidan garov reyestriga tegishli
mol-mulkka bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritishning xronologik tartibiga (vaqti va
sanasiga) muvofiq aniqlanadi. Bunda kreditorlarning har bir keyingi navbatdagi talablari
kreditorlarning oldingi navbatdagi talablari to‘liq qanoatlantirilganidan so‘ng qanoatlantiriladi.
Mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov reyestriga kiritmagan
kreditorlarning talablari mazkur mol-mulkka bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov
reyestriga kiritgan kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan keyin ushbu mol-mulkning
qiymatidan kelib chiqqan holda, bunday huquqlar yuzaga kelishining kalendar navbatiga
muvofiq qanoatlantiriladi.
1
Kreditor o‘z talabini qanoatlantirish navbatidan o‘zganing foydasiga voz kechishga, agar
bu voz kechish boshqa kreditorlarning huquqlarini cheklab qo‘ymasa, haqli.
(259 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)