O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

56-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
Yuridik shaxs tugatilayotganida birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari
bo‘yicha mukofot to‘lash haqidagi talablari, shuningdek hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar
yetkazganligi uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan fuqarolarning talablari ham
tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan qanoatlantiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Boshqa kreditorlarning talablari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda
qanoatlantiriladi.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
784-moddasi
.
57-modda. Yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi)
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, davlat korxonasidan tashqari, shuningdek
matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning
kreditorlar talablarini qondirishga qurbi yetmasa, sudning qaroriga muvofiq u nochor (bankrot)
deb hisoblanishi mumkin.
Yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy
fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda
o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudning yuridik shaxsni bankrot deb hisoblashi asoslari, shuningdek bunday yuridik
shaxsni tugatish tartibi qonunda belgilanadi.
(57-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39 — 40-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga
qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2013-yildagi
“Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash
qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining


27.01.2006-yildagi “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning
ayrim masalalari haqida”gi 
qarori
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin