Shaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkatning firma nomi uning barcha ishtirokchilarining nomlari (nomlanishi)ni,
shuningdek “to‘liq shirkat” degan so‘zlarni, yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining “va
kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “to‘liq shirkat” degan
so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
58, 59-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik
shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuni
8 — 27-moddalari
.
61-modda. Kommandit shirkat
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to‘liq
sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar
doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi)
mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit shirkat hisoblanadi.
Kommandit shirkatda qatnashayotgan to‘liq sheriklarning huquqlari va ularning shirkat
majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ushbu Kodeksning qoidalari bilan belgilanadi.
Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘la olmaydi.
Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘zida hissa qo‘shuvchi va boshqa
to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas.
Kommandit shirkatning firma nomi barcha to‘liq sheriklarning nomlari (nomlanishi)ni,
shuningdek “kommandit shirkat” degan so‘zlarni yoki kamida bitta to‘liq sherikning “va
kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat”
degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi kiritilgan bo‘lsa,
bunday hissa qo‘shuvchi to‘liq sherikka aylanadi.
Kommandit shirkatga to‘liq shirkat haqidagi qoidalar qo‘llaniladi, agar bu hol ushbu
Kodeksning qoidalariga zid bo‘lmasa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
58, 59-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik
shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuni
28 — 31-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: