(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo‘yicha javob
bermaydi.
Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan shu’ba xo‘jalik jamiyati nochor (bankrot) bo‘lib
qolgan
taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlari) asosiy jamiyatdan (shirkatdan) uning
aybi bilan shu’ba jamiyatga yetkazilgan zararni to‘lashni, agar qonunda boshqacha tartib
belgilangan bo‘lmasa, talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
58-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasining
birinchi —
oltinchi qismlari
.
Dostları ilə paylaş: