21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
74-modda. Jamoat birlashmalari Ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining
mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy
birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (a’zolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan
mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular
a’zo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar.
Oldingi tahrirga qarang. Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari
qonunchilik
bilan belgilanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40 , 73 , 75 — 78-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 03.04.1992-yildagi “O‘zbekiston respublikasi jamoat birlashmalari qonunga xilof ravishda mablag‘ bilan ta’minlanishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori . Oldingi tahrirga qarang.