O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-§. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

3-§. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar
73-modda. Matlubot kooperativi
Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning
a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning
a’zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Matlubot kooperativining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining
 to‘rtinchi
 va 
beshinchi
qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kooperativ
a’zolari qo‘shadigan pay badallarining miqdori to‘g‘risidagi; kooperativ a’zolari pay badallarining
tarkibi va ularni qo‘shish tartibi hamda ularning badalni qo‘shish majburiyatini buzganlik uchun
javobgarligi to‘g‘risidagi; kooperativni boshqarish organlarining tarkibi hamda vakolatlari va ular
tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozlarning
malakali ko‘pchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi; kooperativ ko‘rgan zararlarni
kooperativ a’zolari tomonidan to‘lash tartibi to‘g‘risidagi.


Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi,
shuningdek “kooperativi” so‘zi yoki “matlubot uyushmasi” yoxud “matlubot jamiyati” degan
so‘zlar bo‘lishi kerak.
Matlubot kooperativining a’zolari ko‘rilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch
oy mobaynida qo‘shimcha badallar to‘lash yo‘li bilan qoplashlari shart. Ushbu burch
bajarilmagan taqdirda kooperativ kreditorlarning talablariga muvofiq sud tomonidan tugatilishi
mumkin.
Matlubot kooperativining a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha har bir kooperativ a’zosi
to‘laydigan qo‘shimcha badalning to‘lanmagan qismi doirasida subsidiar javobgar bo‘ladilar. Bu
holda kooperativ a’zolari solidar javob beradilar.
Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan ushbu Kodeksning tijoratchi
tashkilotlar to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Matlubot kooperativlarining huquqiy mavqeyi, shuningdek ular a’zolarining huquq va
burchlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(73-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

74 — 78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 14.06.1991-
yildagi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi 
birinchi qismi
, 8-moddasi 
ikkinchi qismi
, 12-
moddasi 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunning 
10-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin