muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonunchilikka muvofiq
tadbirkorlik faoliyati bilan o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada
shug‘ullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoat fondi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilib borishi shart.
Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida
belgilanadi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining
to‘rtinchi
qismida
ko‘rsatilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fond organlarining tuzilishi,
vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash)
va lavozimidan
ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning,
uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish
borasidagi huquq va
majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil
etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond
ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ramziy
belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi
mumkin.
(75-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamoat fondlari huquqiy holatining xususiyatlari
qonunchilik
bilan belgilanadi.
(75-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
73, 74
,
76 — 78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida”gi Qonunining
12-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining
11 — 13-moddalari
.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son
Qonuni
tahririda —
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Dostları ilə paylaş: