80-modda. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qo‘yilishi
Davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat o‘zi tuzgan yuridik shaxsning
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning
majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs
davlatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli
emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-moddasi
ikkinchi qismi
, 3-moddasi
uchinchi qismi
,
12
,
15
,
70 — 72
,
80-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
to‘g‘risida”gi Qonunining
24-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi
215-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi
Nizom
.
3-kichik bo‘lim
OBYEKTLAR
6-BOB
UMUMIY QOIDALAR
81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar,
boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat
namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari,
shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
82 — 96
,
182
,
1041 — 1048
,
1056-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining
3-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006-yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi Qonunining
5 — 8-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: |