O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada bo‘lishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

82-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada bo‘lishi
Fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal
huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa


usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo‘lishi cheklab
qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
Muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
(muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki muomalada
bo‘lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan fuqarolik huquqlari obyektlarining
(muomalada bo‘lishi cheklangan obyektlarning) turlari qonunda ko‘rsatilgan tartibda
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
81

83 — 96

182

1041 — 1048

1056-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006-yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi Qonunining 
5 — 8-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib
chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonunining 
7 — 12-moddalari
.
7-BOB
MODDIY NE’MATLAR
83-modda. Mol-mulkning turlari
Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka
bo‘linadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik
dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga
nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar
kiradi.
(83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining
xususiyatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
(83-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char
mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
81, 82

84 — 96-moddalari
, 111-moddasining 
uchinchi qismi

210-
moddasi
, 386-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 497-moddasining
uchinchi qismi
, 504-moddasining 
oltinchi
qismi
, 565-moddasining
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin