O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO\'YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUNI VA MOHIYATI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO'YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUNI VA MOHIYATI Reja: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari va “ILK QADAM” davlat o’quv dasturining ahamiyati va dolzabligi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari.
Davlat talablarining asosiy vazifalari
«O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to'g'risida”gi nizomi va «Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi.
Davlat talablari O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan «Mehribonlik» uylari.
- maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta'lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish tashkilotlarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining asosiy vazifalari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi mazmuni vasifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bo- lalarga ta'lim-tarbiyaberish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini joriy etish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari»ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida:davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat tashkilotlari, maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari, maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydir.
O'zbekiston Respublikasining ”Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi РК-2707-son” 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- son
«O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to'g'risida”gi nizomi va «Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi.
Davlat talablari O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan «Mehribonlik» uylari.
- maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta'lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish tashkilotlarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari vazamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risidagi’’ Qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-Yil 29-Dekabrdagi PQ-2707-son qarori 2017-yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori
Davlat ta’lablarini yaratishda xamkorlik
• YUNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik ko’magi
• Janubiy kareaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari
• Korea, Rossiya, Estoniya,Belarus, buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari o’rganildi.
Davlat ta’lablari bu
• Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota onalar, pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat;
• Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan;
• Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar, o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart.
Davlat talablari tuzilmasi
Umumiy qoidalar
Maqsad,vazifa va asosiy tamoillar
Asosiy tushunchalar yakuniy qoidalar
Rivojlanish sohalari
Davlat ta’lablarining tarkibi
Kelishilgan tashkilotlar
1-Ilova
Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
2-Ilova
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
Davlat talablari Boblari
1-Bob Umumiy qoidalar
O’zbekiston Respublikasi xududida barcha turdagi ta’lim muassasalari DMTT, NMTT maktabgacha yoshdagi guruhlari bo’lgan Mehribonlik uylari
• Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi ko’llej va oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari,maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur davlat talablariga rioya qilishi lozim.
2-Bob Maqsad, vazifa va asosiy tamoyillar.
• Asosiy tushunchlar maqsad vazifalar keng yoritib o’tilgan
3-Bob Davlat talablarining tarkibi
• Bolaning 5 ta asosiy rivojlanish sohalari,kelishilgan tashkilot yoritiladi.
4-Bob Yakuniy qoidalar.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari
• Tug’ilgandan 3 yoshgacha
• 3 yoshdan 4 yoshgacha
• 4 yoshdan 5 yoshgacha
• 5 yoshdan 6 yoshgacha
• 6 yoshdan 7 yoshgacha
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
Bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
• Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonini rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
Barcha ota-onalar o'sib borayotgan farzandlari tengdoshlari bilan muloqot qilishda muvaffaqiyat qozonganini tushundilar. Axir, bolalar bilan muloqot orqali jamiyatda va shaxsda xarakter, xatti-harakatlar turi shakllanmoqda. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy moslashuv juda muhimdir. Har qanday kollektivga borish uchun odamlar o'zlarini o'rganish va o'zlarini "oshkor etish" uchun vaqt kerak, bolalar esa jamoatda yashashni o'rganadilar, bu esa ularning rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi.
Bolaning ijtimoiy xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy rivojlanishi bolaning jamiyat qadriyatlari, urf-odatlari va madaniyatini, shuningdek, jamiyatda qulay hayot kechirishiga yordam beradigan shaxsning ijtimoiy xususiyatlarini o'zlashtiradi. Ijtimoiy moslashuv jarayonida bolalar muayyan qoidalar asosida yashashni o'rganadilar va xatti-harakatlar normalarini hisobga olishadi.
Aloqa jarayonida bola ijtimoiy muhitga ega bo'lib, uning yaqin atrofi: ota-onalar, bog 'o'qituvchilari va tengdoshlari tomonidan ta'minlanadi. Ijtimoiy salohiyat bolaning faol ravishda muloqot qilish va axborot almashinuvi tufayli amalga oshiriladi. Ijtimoiy mas'uliyatsiz bo'lgan bolalar ko'pincha boshqalarning tajribalarini rad etadi va kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilmaydi. Bu madaniy ko'nikmalarni egallamasligi va zarur ijtimoiy fazilatlarni yo'qotishi tufayli kelajakda antisional harakatlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday faoliyat maqsadga egadir va bolaning maqsadga erishish qobiliyati unga o'ziga ishonch bag'ishlaydi va uning vakolati haqida xabardor qiladi. Muhim ahamiyatga ega bo'lgan narsa to'g'ridan-to'g'ri jamiyatning bahosini aks ettiradi va o'zining benuqsonligiga ta'sir qiladi. Bolalarning o'z-o'zini baholashi ularning ijtimoiy salomatligiga va xatti-harakatlariga bevosita ta'sir qiladi.
Bolalarning ijtimoiy tajribasini shakllantirish usullari
Bola shaxsining uyg'un rivojlanishi uchun bolalarning ijtimoiy rivojlanishi yaxlit pedagogik tizimga asoslangan bo'lishi kerak. Bolaning ijtimoiy maqomini shakllantirishga ta'sir qiluvchi usullar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O'yin: o'yinda bolalar o'zlarini turli jamiyat rollarini o'ynashadi, bu esa ularni jamiyatning to'la-to'kis a'zolari deb his etishlariga olib keladi.
2. Tadqiqot: bolaning tajribasini boyitib, unga o'z echimini topish imkonini beradi.
3. Mavzuning faoliyati: bolaning atrofdagi dunyoni bilishini ta'minlaydi va uning qiziqishlarini qondiradi.
4. Aloqa faoliyati: Bolaga kattalar bilan hissiy munosabatlarga ega bo'lishiga ko'maklashish, unga ko'maklashish va baho berish.
Shunday qilib, bolalarni ijtimoiy rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishda nafaqat ijtimoiy tajribani bilim va ko'nikmalar shaklida o'tkazish, balki ichki potentsialni oshkor etishga ko'maklashish ham zarur.
2.2. Davlat talablarining asosiy vazifalari.
Davlat talablarining asosiy vazifalari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi mazmuni vasifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bo- lalarga ta'lim-tarbiyaberish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini joriy etish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Davlat talablarining tamoyillari:
- bolaning noyobligi;
- «Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- tivlik asosida yondashuv.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar:
- Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qizi- qishlari.Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egalla- nishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratil- gan yaxlit jarayon;
- rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida bio- logik jarayonlar hamda atrof-muhit ta’sirida ro'y beradigan o'zgarishlar;
- rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha -sohaningkichik guruhlari. Asosiy so- halarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi;
- kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar ko'rsatkichi;
- bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bi- limi, ko'nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari;
- integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik:
- inklyuziv ta’lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbi ya olinishini teng ta'minlovchi jarayon;
- «Men” konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni
refleksiv faoliyatining bir qismi;
- refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-ha- rakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha boigan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga boiingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga boiingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kuti- layotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.
- jismoniy rivojlanish va sogiom turmush tarzining shakl lanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:
- bilish jarayonining rivojlanishi;ijodiy rivojlanish.
- «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi
quyidagi kichik sohachalarga bo’linadi:
- Yirik motorikani rivojlantirish;
- Mayda motorikani rivojlantirish;
- Sensomotorikani rivojlantirish;
- Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik.
I. Yirik motorikani rivojlantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo'ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi.
- Mayda motorikani rivojlantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qir qish, bolish) uchun o'z qollari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi.
- Sensomotorikani rivojlantirish - bunda bola o'z hara- katlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshi- tish, qoi bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi.
- Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni rivojlantirish - bunda bola o'z sog'lig'ining muhofazasiga ta'sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarini egallaydi.
- Bola hayoti xavfsizligini ta'minlash - o'zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan extiyotkorlik bilan foydalanish) kabi vazifalar yoritilgan.
Bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va uning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish, bolalarning jismoniy rivojlanishi bo'yicha otaonalar bilan hamkorlik qilish, sog'lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish.
II. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalari»
- “Men» konsepsiyasi:
- hissiyotlar va ularni boshqarish;
- ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
III. «Nutq. Muloqot, o'qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi:
- nutq va til;
- o'qish malakalari;
- qo'l barmoqlari mayda motorikasi.
IV. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi qo'yiladi kichik sohalarga bo'linadi:
- intellektual-anglash malakalari:
- elementar matematik malakalar:
- tarkibiy va samarali refleksiv faoliyat.
1. Elementar matematik bilim va ko'nikmalar - bunda bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivoj- lantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, miqdor, shakl, kattaliklar va o'lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi, bola son-sanoq va hi- soblashga oid bilimlarini namoyon qilishi, predmetlarni toi- falash, guruhlash va tartib bo'yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi Iozim.
2. Atrof-muhit to'g'risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof-muhit to'g'risida axborot oladi, jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta'riflay olishi, inson tana a'zolarini bilishi lozim.
3. Ijod - bunda bola milliy madaniy meros va madaniyat- ni hurmat qilishga va o'z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy faoliyat orqali ifodalashga o'rganadi. Bola turli tovush va ovozlarni, tovushlarning balandligi va tembiga ko'ra farqlay olish, jamoa bo'lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qizi- qish bildirishi, cholg'u asboblarida chalish malakalarini namoyon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim.
4. O'yin faoliyati - Boladagi ijodkorlik layoqatini, o'yin- lar uchun g'oyalar o'ylab topishini, yangi o'yinlar tashkil etish istagini rag'batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o'ynashga, o'yinchoqlari bilan o'rtoqlashishga odatlantirish. Bolaga o'yinlarda o'z imkoniyatini haqqoniy baholashga va achchiqlanmasdan mag'lubiyatni tan olishni o'rgatib borish.
Mazkur Davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari turli yosh bosqichlari orqali yoritib berilgan. Bunda asosiy psixologik xususiyatlar:
Fikrlash;
-Nutq;
- Ijtimoiy bilish jarayoni;
- Fiziologik sezgilar;
- Bilish obyektlari;
-Bilish usullari;
- Muvaffaqiyatli o'zlashtirish shartlari;
- Muioqot yuritish shakli;
- Tengdoshlari bilan munosabatlari;
- Katta yoshdagilar bilan munosabatlari;
- Nizolar mavjudligi;
-His-hayajonlar;
- O'yin faoliyati - bo'lib hisoblanadi.
V. «Ijodiy rivojlanish» soha quyidagi kichik sohalarga bo'linadi:
- dunyoni badiiy tasavvur etish;
- badiy - ijodiy qobiliyatlar.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bos- qichlarni o'z ichiga oladi:
- go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha):
- erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
- kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
- o'rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
- katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
- maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog'liqni saqlash vazirli- gi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi,
O'zbekiston standart- lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va «Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
DAVLAT STANDARTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti (keyingi o‘rinlarda — davlat standarti) davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalarini, prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat standartlarini joriy etish hamda uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat standartini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va ularning faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.
2. Davlat standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarorlari;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son, “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qarorlari;
O‘z DSt 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘z DSt 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
O‘z DSt 1157: 2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar;
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
4. Davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
2-bob. Davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari
5. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
6. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo‘lgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.
3-bob. Davlat standartining asosiy prinsiplari
7. Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
har bir bolaning, shu jumladan, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi;
davlat standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
maktabgacha ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
maktabgacha ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
4-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari
8. Davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (1-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (2-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari (3-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigiyenik talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-loyihalash ishlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar tegishli qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — namunaviy o‘quv reja) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
10. Namunaviy o‘quv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
“ILK QADAM» davlat o'quv dasturi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari»ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida:davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat tashkilotlari, maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari, maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydir.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, I bobda MTT davlat o'quv dasturini qo'llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim tashkilotlari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta'lim tashkiloti Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTT ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o'quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qo- nunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o'quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazi- falari belgilab berilgan:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o'quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish;maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoli- yatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob - MTT ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quyidagilarni:
- MTT ta’lim jarayonining maqsadlari
- MTTda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTT ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo'lib:
- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTTda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyat- larini hisobga olish;ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyoj- lari shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llabquvvatlash; o'yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTT ning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa mil- latlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati.Maktabgacha ta'lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislar- ni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbi- yaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o'zaro ham- korlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta'lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni o'quvtarbiyaviy jarayonda faol qatnashishiga jalb etish;ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llabquvvatlash Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda
kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim sohasini o'z ichiga oladi.
«Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllanti- rish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
- Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qa- driyatlari majmuidir.
Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
- Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.
- O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalani- shi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
- Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati.
- Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlar- dan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI - O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respub- likasidagi barchaMTTlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.
Bunda MTTlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi to- monidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabyoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTT pedagoglaritomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasi yiliga uch martato'ldiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi ham to'ldiriladi. Bu xarita Davlat dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompe- tensiyalari bo'yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi,
VI - Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta'lim tashkilotida quyidagi mazmunda:
- ko'rgazmali-rivojlantiruvchi,
- madaniy-tarixiy qadriyatlar:
- milliy va mintaqaviy an’analar;
- tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi yoritiladi;
VII bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo'llashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi. Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachi- lar (mutaxassislar) O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo'llarini belgilaydi.
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi: maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o'zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga oladigan bo'lim;mazmunli - bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo'lim;tashkiliy - bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta'minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim. «Ilk qadam» dastur nomining falsafiy mazinuni - bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go'zallik, yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san’atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muioqot qilish kabilardan tashkil topgan.
«Ilk qadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim tashkilotining turli yosh guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish yasash, konstruksiyalash+matematika», «San'at» «Syujet-rolli o'yinlar va sahnalashtirish» faollik markazlari, bolalarni dialogik va monologik nutqini rivojlantirishga, jamoa bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san’at va madaniyatga qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan.
Bu boradagi kuzatishlar va ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga va asosli ba'zi takliflar kiritishga bizga imkon berdi.
“Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi Toshkent – 2018 yil. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
1-bob. Umumiy qoidalar Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTT davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
MTT davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:
• davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
• maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
• maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
1.1. MTTda davlat o‘quv dasturini qo‘llash MTT davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
1.2. MTTning maqsad va vazifalari
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
• bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
2-bob. MTT ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari
2.1. MTT ta'lim jarayonining maqsadlari O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
2.2. MTTda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari MTT ta'lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
• bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish;
• ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
• bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
• bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
• o‘yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish;
• bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
• bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
• MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
• milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
• Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
2. 3. Qo‘shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil qilish Qo‘shimcha ta'lim xizmatlari maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Qo‘shimcha ta'lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta'lim faoliyati Maktabgacha ta'lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi.
2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
• ota-onalarning maktabgacha ta'lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish; • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
• ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
• ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytganda boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.