XVII bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 70-modda. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan
muhofaza etiladi.
71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas.
72-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham
majburiydir.
73-modda. Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
hududi
va
chegaralari
uning
roziligisiz
o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi
masalalarini mustaqil hal qiladi.
74-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.
75-modda. O‘zbekiston
Respublikasi
bilan
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
o‘zaro
munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga
solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar
murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
BYESHINCHI BO‘LIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI Oldingi tahrirga qarang. XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 76-modda. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi
palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat
muddati — besh yil.