O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
constitution oz

XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
89-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati 
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. 
(89-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 apreldagi O‘RQ-89-son 
Qonuni 
tahririda 
— O‘R QHT, 2007 y., 15-son, 152-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
90-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, 
davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim 
yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga 
ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li 
bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining 
qonuni
 bilan belgilanadi.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrdagi O‘RQ-305-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011 y., 12/1-son, 343-modda) 
91-modda. 
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni 
egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi 
mumkin emas. 
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. 
 LexUZ sharhi 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida»gi 
Qonunga
 va 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
158-moddasiga 
qarang. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin