O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XXV bob. Moliya va kredit



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

XXV bob. Moliya va kredit
122-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega.
O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat.
123-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.
124-modda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi.
XXVI bob. Mudofaa va xavfsizlik
125-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini
va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga
ega.
OLTINChI BO‘LIM. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TARTIBI
Oldingi
 tahrirga qarang.
127-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining
kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston
Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
128-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama
muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga
o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi
mumkin.
(“Xalq so‘zi” gazetasi, 1992-yil 15-dekabr, 243 (494)-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-
4-son, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 343-
modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 152-modda; 2008-y., 52-son, 510-
modda; 2011-y., 16-son, 159-modda; 2014-y., 16-son, 176-modda; 2017-y., 14-son, 213-modda, 22-son, 406-
modda, 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda, Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son;
09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin