O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


-modda. O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. II bob. Xalq hokimiyatchiligi



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

6-modda.
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.
II bob. Xalq hokimiyatchiligi
7-modda.
Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish,
hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy


tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos
bo‘ladi.
8-modda.
O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil
etadi.
9-modda.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,
umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi 
qonun 
bilan belgilanadi.
10-modda.
O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib
borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida
shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
11-modda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
12-modda.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-
xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.
13-modda.
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
14-modda.
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik
prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin