O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XIII bob. Jamoat birlashmalari



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

XIII bob. Jamoat birlashmalari
56-modda.
O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari
sifatida e’tirof etiladi.
57-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning
suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va
ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy
ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.
58-modda.
Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga,
shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga


aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
59-modda.
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar
va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
60-modda.
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining
demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil
qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
61-modda.
Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat
diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.
62-modda.
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat
sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin