Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat.Kommunikatsiyatarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishnielektronvositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi1990-yillarningboshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galdaAQShvaAngliya, hamdaItaliya,Norvegiya,Singapur,Avstraliyava ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Jarayon(angl. process) – tashkilot (tizim) muxitiga kiritilgan kuch va vositalarni (resurslarni) chiqishda istemolchi uchun qimmatli maxsulotga aylantiruvchi xarakatlarning izchil ketmaketligi (Ilova 1).
Boshqaruv jarayonlari – tashkilot (tizim) faoliyat yuritishini taminlovchi, ya’ni o’zgaruvchi tashqi tasirlarga moslashtiruvchi jarayonlardir. Xususan, faoliyatni rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, rivojlantirish, shuningdek bu bilan bog’liq qarorlar qabul qilish va ijrosini nazorat qilish boshqaruv jarayonlaridir.