rudiment protseduralardan butunlay voz kechish orqali an’anaviy faoliyat tarkibini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda tubdan islox qilish orqali amalga oshiriladi.
Bunday natijaga erishish uchun reinjiniring uslubining zaruriylik va yetarlilik shartlari asosida shakllantirilgan quyidagi tadbirlar aniq maqsad va o’zgarmas mo’ljal sifatida qat’iy mustaxkamlab qo’yilishi joiz:
davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini keskin oshirish va baxolash mexanizmlarini xatosiz ishlashini ta’minlash;
davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari va maxsulotlari sifatini global raqobat talablaridan ham yuqori darajasigacha oshirish;
davlat organlari funksiyalarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqish me’yor-tartiblari faqat va faqat iste’molchi shart-sharoitiga mos bo’lgandagina tasdiqlanishiga erishish;
jarayonlarni qayta tartibga solishda mantiqiy va funksional jixatdan izchillik va uzluksizlikni ta’minlash;
uzundan uzoq, murakkab, samarasiz ma’muriy va funksional jarayonlarga butunlay barxam berish yoki eng minimal darajagacha soddalashtirish;
ortiqcha va bir birini takrorlovchi ma’muriy va funksional jarayonlarga barxam berish, voz kechish;
jarayonlardagi byurokratik g’ov va korrupsion sxemalarni tashkil etuvchi omillariga va muxitiga qarshi kurashish, yo’qqa chiqazish, xamda qayta g’ovlashga imkon bermaydigan innovatsion, kontaktsiz boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqib tizimning butun tarmog’ida keng ko’lamda joriy etish;
zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish orqali avtomatlashtirish tadbirlarini faqat va faqat reinjiniring orqali optimallashtirish jarayonlaridan so’nggina amalga oshirish asosiy va birlamchi shart ekanligini qonun hujjatlarida mustaxkamlab qo’yish;
Reinjiniring doirasidagi optimallashtirish tizim zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun sarflanadigan o’zining hisobidagi, katta-kichikligidan qat’iy nazar, tashkiliy-tuzilmaviy, me’yoriy-huquqiy, moddiy-moliyaviy, mehnat, axborot va vaqt resurslari, shuningdek boshqa barcha kuch va vositalarning xar biridan unumli, o’z o’rnida, eng maqbul kombinatsiyalarda va motivatsion faollashtirish asosida foydalanishni nazarda tutadi. Reinjiniringda ortiqcha jarayon va ob’yektlardan voz kechishga urg’u beriladi. Hususan:
Katta xajmdagi, qayta ishlanmaydigan va taxlil uchun foydalanilmaydigan, yakuniy natijaga qimmat qo’shmaydigan ma’lumotlarni qayta-qayta kiritish, uzatish, almashish, zaxiralarini ko’paytirish amaliyotlaridan vozkechish;
Ortiqcha, foydasi tegmaydigan inventar, moddiy-texnik resurslar zaxirasi va boshqa aktivlarni manfaatli loyihalar uchun safarbar etish;
Funksional jarayonlarning xar xil bosqichlarida bir xil vazifalarni takrorlanishi xolatlariga yo’l qo’ymaslik;
Faoliyatining yakuniy natijasi noaniq, mavxum va mantiqsiz bo’lgan tuzilmaviy bo’limlar, lavozim va xizmat vazifalarini bekor qilish;
Bir birini maqsad va vazifalarini, funksiya va vakolatlarini takrorlovchi tuzilmalarni uyg’unlashtirish, birlashtirish yoki qisqartirish tadbirlari resurslar ortiqcha sarfini optimallashtirishning kardinal shakli sifatida qaraladi. Reinjiniring xulosalarini shakllantirishda:
jarayonlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’ta murakkabligi, izox va xavolalarni xaddan ziyod ko’pligi xolatlarini bartaraf etish;
istemolchilarga samimiylik, beg’arazlik, g’amho’rlik, daxldorlik xislari bilan munosabatda bo’lish madaniyatini ommalashtirish ruxi aniq sezilib turishi lozim; Reinjiniring davlat organlari va xizmatchilari funksiyalarini bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqarish:
jarayonini soddalashtirish;
jarayonlarining bosqichlari va qadamlari sonini qisqartirish;
muddatlarini qisqartirish;
ishtirok etuvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari sonini qisqartirish;
talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;
resurslar sarf-xarajatini optimallashtirish;
davlat boji va murojjatni ko’rib chiqish to’lovlarni optimallashtirish;
norasmiy to’lovlarga batamom barxam berish ko’rsatkichlari va me’zonlari orqali baxolanadi.
Hususiy kapital hisobiga faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yuritish sub’yektlari reinjiniring tadbirlarini o’tkazishdan katta iqtisodiy foyda ko’radilar va shuning uchun reinjiniring tadbirlarini tezroq, samaraliroq va keng ko’lamda o’tkazishdan manfaatdor bo’ladilar. Ulardan farqli o’laroq iste’molchilarning soliq va boshqa qonuniy to’lovlari hisobiga shakllanadigan davlat byudjeti hisobidan faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari xamda davlat ulushi katta bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa, odatda reinjiniring tadbirlarini samarali va keng qamrovda amalga oshirishni paysalga solish va latent ko’rinishdagi to’siqlar yaratishga xarakat qiladilar.
CHunki, reinjiring tadbirlari ularni innovatsion boshqaruv usullarini o’zlashtirish, o’zilarining kasbiy maxoratlarini muttasil oshirib borish, iste’molchi manfaatlarini tashkilot va xususiy manfaatlaridan ustun qo’yish, resurslarni maqsadli sarflash, tez va sifatli ishlash singari yangicha talablar asosida faoliyat yuritishga majbur qiladi. SHu munosabat bilan bu toifadagi vazirlik-idora va tashkilotlarda reinjiniring tadbirlarini samarali o’tkazilishi birinchi raxbarning avvalam bor siyosiy idroki, ma’naviy va mafkuraviy immunitetining mustaxkamligi, zamonaviy dunyoqarashi, professional darajasi, omilkorligi va tadbirkorligi, g’ayrat-shijoati, ayniqsa ruxiyatida mardlik, vatanparvarlik va xalq dardiga daxldorlik tuyg’usining ustuvorligiga bevosita bog’liq.
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xar qaysi darajadagi mutassadi raxbari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini asossiz ravishda paysalga solishga bo’lgan “xarakat va intilish”lari ularning fuqarolik pozitsiyasining davlat boshqaruvi organlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan isloxotlarning siyosiy axamiyatini anglay olmasligi sifatida baxolash uchun belgi (signal) va tegishli xulosa chiqarilishiga asos bo’lishiga axamiyat qaratiladi.
Vazirlik-idora, tashkilot raxbari reinjiniring tadbirlarini o’tkazish uning zimmasiga yangi, innovatsion shart-sharoitlarda faoliyat yuritishni o’zlashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq murakkab, ammo sharafli mas’uliyat yuklashini ham anglashi, unga ruxan va professional darajada tayyorgarlik ko’rishi, nostandart sharoitlarda karxt xolatga tushib qolmay, yechimini operativ ravishda topish va hal etish, sharoit jilovini o’z qo’liga, javobgarlikni o’z zimmasiga olish, ya’ni jarayonni nazorat qilib bora olish vazifasini yuklaydi.