O‘zbekiston respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash


II. To‘lov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi



Yüklə 86,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix12.11.2022
ölçüsü86,12 Kb.
#68695
1   2   3   4   5   6
уу

II. To‘lov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi
10. To‘lov manbaida soliq chegirmasi ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobiga amalga
oshirilganda taqdim etiladi:
to‘langan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik
ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablag‘lari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga
olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib beriladigan
jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-
son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Jismoniy shaxslar soliq chegirmasini olish uchun ish beruvchiga daromadlarini o‘qish
uchun to‘lovga (kreditni qoplashga foizlari bilan) o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hujjatlarni
ilova qilgan holda taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son,
Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari
o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-
son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-
son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son 
qaroriga 
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-
y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
12. Ushbu Nizomning 
11-bandida
ko‘rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
13. To‘lov manbaida soliq chegirmasi qo‘llanilganda jami yillik daromad to‘g‘risidagi
deklaratsiya taqdim etilishi talab qilinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
393-
moddasida
 nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)


14. Jismoniy shaxsga to‘lov manbaida soliq chegirmasi taqdim etilmagan holda, soliq
chegirmasi ushbu Nizomning 
III bobida
nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida taqdim etilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
15. Professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan mablag‘larni
qaytarib berish ushbu mablag‘lar olingan shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkazib berish orqali
amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-
son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Avval o‘tkazilgan pul mablag‘lari ish beruvchining hisob raqamiga qaytarib berilganda, to‘lov
manbaida imtiyozni qo‘llagan ish beruvchi qaytarib berilgan summani jismoniy shaxsning soliq
solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritishi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida
belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qolishi lozim.

Yüklə 86,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin