PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM
OLISH UCHUN YO‘NALTIRILADIGAN MABLAG‘LARGA JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN
DAROMAD SOLIG‘I BO‘YICHA IMTIYOZNI QO‘LLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASH HAQIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 2107]
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston
Respublikasining Soliq
kodeksi
va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq
xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining
7-moddasiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim
olish uchun
yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni
qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.