jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxs deklaratsiyani
taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning
1-ilovasiga
muvofiq
soliq chegirmasini amalga
oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi
imtiyoz summasi qo‘llanilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (ma’lumotnomalarni) taqdim
etadi (masalan, ta’lim oluvchining otasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyani taqdim etmoqda. Ta’lim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir
vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qo‘llamaganliklari to‘g‘risida
belgilangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi);
agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etgan
jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, qolgan summaga soliq
chegirmasi uni olish huquqiga ega bo‘lgan
boshqa jismoniy shaxslarga, mazkur shaxslar
tomonidan boshqa jismoniy shaxslar soliq chegirmasini qo‘llaganligi to‘g‘risida ushbu Nizomning
2-ilovasiga
muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma
taqdim etilgandagina beriladi (masalan, ta’lim oluvchining onasi jismoniy shaxsning jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiya ta’lim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan ta’lim
olishga
yo‘naltirilgan mablag‘larning bir qismiga soliq chegirmasi qo‘llanilgan. Ta’lim oluvchining onasi jami
yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga
qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan qo‘llanilgan soliq chegirmasi
summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi).
Dostları ilə paylaş: