Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
24-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
2010-15-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining
2010-yil 24-martdagi 24, 2010-15-son
qaroriga
ILOVA
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun
yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha
imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi
tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksiga
muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab
fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining
professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga
to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi uchun) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning
1-bandida
nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston
Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga
to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlariga
(keyingi o‘rinlarda o‘qish uchun to‘lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o‘rinlarda soliq chegirmasi
deb yuritiladi) ko‘rinishida beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy ta’lim tashkiloti deganda oliy ta’limning ta’lim dasturlarini
(bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, o‘z Ustavi va Oliy ta’lim to‘g‘risidagi
nizom
(ro‘yxat
raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Professional ta’lim tashkiloti deganda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus
professional ta’lim to‘g‘risidagi
nizom
asosida faoliyat yurituvchi tashkilot tushuniladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
4. Jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi o‘qish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga
oshirilganda taqdim etiladi:
o‘z mablag‘lari;
Oldingi
tahrirga qarang.
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari (foizlari bilan);
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-
son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari
(ssudalar).
Oldingi
tahrirga qarang.
5. O‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq
chegirmasi jismoniy shaxs — ta’lim oluvchiga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi
yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa uning ota-onalariga va (yoki) xotiniga
(eriga) beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
6. Soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin o‘tkazilgan o‘qish uchun to‘lov
summalariga beriladi. O‘qish uchun to‘lov yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish
sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobiga 2010-yilning 1-yanvariga qadar amalga oshirilgan hollarda,
soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin yuridik shaxslar tomonidan berilgan ssudalarni
qoplash hisobiga ushlab qolingan mablag‘lar summasiga beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
7. Yuridik shaxslar tomonidan talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining
professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pulli-
kontrakt asosida o‘tkaziladigan, ushbu yuridik shaxsning xarajati bo‘lgan mablag‘lar summasiga
soliq chegirmasi tatbiq etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
8. Agar hisobot soliq davrida soliq chegirmasini to‘liq qo‘llashning imkoni bo‘lmasa (jami yillik
daromad summasi ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasidan kam
bo‘lsa), uning qoldig‘i keyingi soliq davrlariga ko‘chirilmaydi.
9. Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi
to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga
binoan to‘lov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |