O‘zbekiston respublikasining qonuni terrorizmga qarshi kurash to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari



Yüklə 16,45 Kb.
səhifə3/7
tarix20.03.2022
ölçüsü16,45 Kb.
#54005
1   2   3   4   5   6   7
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:

terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish yo‘li bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;

terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;

terrorchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik ko‘rsatilgan taqdirda esa ularni yo‘q qilish choralarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila a’zolarini himoya qilishni ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo‘riqlanishini ta’minlaydi;

xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo‘linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.




Yüklə 16,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin