[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston
Respublikasining qonuni
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti xalqaro shartnomada fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikdagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(2-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
3-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi;
profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablag‘ bilan ta’minlanishini;
sog‘liqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini ta’minlash ustidan nazoratni;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlari ko‘rilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi o‘rnatilishini;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sug‘urtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam ko‘rsatishda va ularni dori vositalari bilan ta’minlashda imtiyozlar belgilashni;
(4-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
sog‘liqni saqlash va tibbiy sug‘urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi davlat standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga soladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida nizom”.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika,
sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini ta’minlash;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo‘la olishini ta’minlash, tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
(6-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
sog‘liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta’minlashning o‘z manbalarini shakllantirish;
fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta’minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlarini ko‘rish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;
sog‘liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;
nogironlar va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta’minlash;
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya ta’limi berishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish;
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Sog‘liqni saqlash tizimi
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.
8-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bepul tibbiy yordam ko‘rasatish hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Bepul tibbiy yordam ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan davlat budjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarning ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-sonli qarori bilan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova).
LexUZ sharhi
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Davolash-profilaktika muassasalarida budjet mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlarni tarqatish, hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi (ro‘yxat raqami 639, 18.02.1999-y.).
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilangandan ortiqcha tibbiy va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashhis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan belgilangan (1-ilova).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
9-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari quyidagilardan iborat:
davlat budjeti mablag‘lari;
tibbiy sug‘urta mablag‘lari;
fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga mo‘ljallangan maqsadli fondlarning mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy yordam ko‘rsatganlik uchun va pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun olingan mablag‘lari;
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sog‘liqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari;
banklarning kreditlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(9-moddaning sakkizinchi xatboshisi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o‘z mablag‘lari, jalb etilgan mablag‘lar va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadilar. Bunday xizmatlarning hajmi, ro‘yxati, ularni ko‘rsatish tartibi hamda kompensatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibining V-bo‘limida belgilangan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy davolash-profilaktika muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “1998-2005-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi”ning 2 bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo‘yish hamda davolash vositalaridan foydalaniladi.
(10-moddaning uchinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari belgilangan tartibda tibbiy hujjatlarni yuritishi hamda statistika ma’lumotlarini taqdim etishi shart.
(10-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[
TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
11-modda. Tibbiyot va farmatsevtika
faoliyatini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy faoliyat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 19-maydagi O‘RQ-246-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 148-modda)
Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom” va “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom”.
(11-moddaning nomi va ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
12-modda. Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi
Oldingi tahrirga qarang.
Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi qonunchilikka muvofiq davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar tomonidan sanitariya-gigiyena yo‘sinidagi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishi orqali ta’minlanadi.
(12-moddaning matni
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi hujjatlar qabul qilingan: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-son Qonuni, O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni, O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 26-martdagi PQ-4649-son qarori, O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori.
II. FUQAROLARNING SOG‘LIG‘INI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILISh
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi]
13-modda. Fuqarolarning sog‘liqni saqlash huquqi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sog‘liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasi.
Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlaydi.
Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat’i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-moddasi.
14-modda. Ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning sog‘liqni saqlash huquqi
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolarning sog‘liqni saqlash huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, sog‘liqni saqlashda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng huquqdan foydalanadilar.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydi.
15-modda. Fuqarolarning sog‘liqqa ta’sir etuvchi omillar haqida axborot olish huquqi
Fuqarolar sog‘liqqa ta’sir etuvchi omillar haqida, shu jumladan yashash hududining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi to‘g‘risida, ovqatlanishning oqilona normalari xususida, tovarlar, ishlar, xizmatlar, ularning xavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida o‘z vaqtida va aniq axborot olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 6-moddalari.
16-modda. Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi
Kasal bo‘lib qolganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda va boshqa hollarda fuqarolar profilaktik, tashxis qo‘yish-davolash, kuch-quvvatni tiklash, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordami va boshqa xil yordamni, shuningdek bemorlarni, mehnatga layoqatsiz va nogiron kishilarni boqish-parvarishlash yuzasidan ijtimoiy chora-tadbirlarni, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lashni o‘z ichiga oladigan tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37, 39-moddalari.
Tibbiy-ijtimoiy yordam tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar o‘zlarini ixtiyoriy ravishda tibbiy sug‘urta qildirish asosida, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari, o‘z shaxsiy mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.
(16-moddaning uchinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolarning ayrim toifalari protezlar, ortopedik va moslama buyumlar, eshitish apparatlari, harakatlanish vositalari va boshqa maxsus vositalar bilan imtiyozli tarzda ta’minlanish huquqiga ega. Bunday huquqqa ega bo‘lgan fuqarolarning toifalarini, shuningdek ularni ta’minlash shartlari va tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2801, 14.06.2016-y.).
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonining 1-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-sonli “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar ixtisoslashgan sog‘liqni saqlash, muassasalarida tibbiy ekspertizadan o‘tish huquqiga ega.
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
17-modda. Ayrim turdagi kasb-kor bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, yuqumli va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan ishlab chiqarishlar hamda ayrim kasblarning xodimlari ishga kirish vaqtida dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 29.08.2012-y.).
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra fuqaro ayrim turdagi kasb-kor hamda yuqori darajali xavf manbai bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishga vaqtincha yoki doimiy layoqatsiz deb topilishi mumkin. Bunday qaror tibbiyot nuqtai nazaridan shug‘ullanish nomaqbul deb topilgan faoliyatlar ro‘yxatiga muvofiq holda tibbiy komissiyalar chiqargan xulosa asosida qabul qilinadi va uning ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot nuqtai nazaridan shug‘ullanish nomaqbul deb topilgan ayrim turdagi kasb-kor va yuqori darajada xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda belgilanadi hamda besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining qarori bilan tasdiqlangan Narkomaniya bilan kasallangan shaxslarning shug‘ullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining ro‘yxati (ro‘yxat raqami 1233, 15.04.2003-y.), O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 4-fevraldagi 38-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxati”, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”.
Ish beruvchilar o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasi.
18-modda. Oila sog‘lig‘ini saqlash
Har bir fuqaro davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, o‘zida ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar bor-yo‘qligi yuzasidan, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy jihatlari yuzasidan bepul maslahatlar olish, shuningdek tibbiy-irsiy hamda boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar olish va tekshiruvdan o‘tish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Har bir oila o‘ziga oilaviy shifokor tanlash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolali oilalar fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
(18-moddaning uchinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uch yoshga to‘lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha qarovga muhtoj bo‘lgan katta yoshdagi kasali og‘ir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo‘lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.).
19-modda. Voyaga yetmaganlarning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat voyaga yetmaganlarning sog‘liqni saqlash huquqlarini ularning jismoniy, ma’naviy rivojlanishi uchun, kasalliklarning oldini olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktablarda va boshqa muassasalarda tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish orqali ta’minlaydi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida bo‘lish hamda bolalar va o‘smirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;
sanitariya-gigiyena ta’limi olish, o‘qish hamda o‘zlarining fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘iga mos sharoitlarda mehnat qilish;
kasbga yaroqliligini aniqlash chog‘ida budjet mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish;
sog‘liqlari to‘g‘risida o‘zlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n to‘rt yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra budjet mablag‘lari, xayriya jamg‘armalari va boshqa fondlarning mablag‘lari, shuningdek ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoya tizimi muassasalarida yashashlari mumkin.
Ota-onalar yoki boshqa shaxslarning o‘z tarbiyasidagi voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini buzishlari, ularni tarbiyalashdan bo‘yin tovlashlari, voyaga yetmaganlar bilan ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan darajada shafqatsiz munosabatda bo‘lishlari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
20-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan fuqarolarning huquqlari
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari bo‘shatilish huquqiga ega.
Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan yoki harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi hamda sog‘lig‘iga ko‘ra harbiy xizmatga chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod etilish huquqini beradigan tibbiy ma’lumotlar to‘g‘risida to‘liq axborot olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 336-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining ichki va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga, o‘quv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori.
21-modda. Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya bilan ta’minlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish o‘z ichiga statsionar-ambulatoriya yo‘li bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirishni, yolg‘iz keksalarga ularning o‘z uyida hamda internat-uylarda xizmat ko‘rsatishni qamrab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonunchilikka muvofiq ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari, sog‘liqni saqlash organlarining mablag‘lari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan kuch-quvvatni tiklash huquqiga ega.
(21-moddaning uchinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Nogironlarning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar va bolalikdan nogironlar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, dori vositalari, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanish, shuningdek kasb-kor egallash va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga ega.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya yordami olish, uyda parvarish qilinish, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz nogironlar, surunkali ruhiy holati buzilgan nogironlar esa nogironlar va qariyalar uchun mo‘ljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonunchilikda belgilab qo‘yiladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2002-yil 31-maydagi 188-sonli “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2002-yil 29-martdagi 106-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida”, 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga.
23-modda. Favqulodda vaziyatlar tufayli jabr ko‘rgan fuqarolarning huquqlari
Favqulodda vaziyat tufayli jabr ko‘rgan fuqarolar bepul tibbiy yordam olish va sog‘liqni tiklash tarzida davolanish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish hamda hayoti va sog‘liqlariga tahdid solayotgan xavfni kamaytirishga qaratilgan gigiyena chora-tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarni qutqarish va tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida jabr ko‘rgan fuqarolarga bepul davolanish, shu jumladan sanatoriy va kurortlarda davolanish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy kompensatsiya olish kafolatlanadi.
(23-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom”.
24-modda. Bemorning huquqlari
Bemor tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega:
tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat ko‘rsatishlari;
shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o‘tish, davolanish va parvarish qilinish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilab qo‘ygan tartibda o‘z iltimosiga ko‘ra boshqa mutaxassislarning konsilium qilishi va ulardan maslahatlar olish;
tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar sir saqlanishi;
tibbiy aralashuvga o‘z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
o‘z huquq va burchlari xususida hamda sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumot olish, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga doir ma’lumotlarni uning manfaatini ko‘zlagan holda bersa bo‘ladigan shaxslarni tanlash;
ixtiyoriy tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi;
(24-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1005—1016-moddalari.
huquqini himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil qo‘yilishi.
Huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
25-modda. Fuqarolarning o‘z sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumot olish huquqi
Har bir fuqaro o‘z sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumot, shu jumladan tekshirish natijalari,
qanday kasali borligi, qanday tashxis qo‘yilganligi, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bog‘liq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaroning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotni uning o‘ziga, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslar hamda qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni esa ularning qonuniy vakillariga davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori, bo‘lim mudiri yoki tekshirish va davolashda bevosita qatnashayotgan boshqa mutaxassislar beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31 bobi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu haqda fuqaroga va, basharti uning o‘zi oila a’zolariga xabar qilishni taqiqlamagan va (yoki) bunday ma’lumot berilishi uchun biror shaxsni tayinlamagan bo‘lsa, bemorning oila a’zolariga tibbiy-odob me’yorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.
Fuqaroning talabiga muvofiq unga sog‘lig‘ining holatini aks ettiruvchi tibbiy hujjatlardan ko‘chirmalar beriladi.
Fuqaroning tibbiy hujjatlarida aks etgan ma’lumotlar shifokorlik siri bo‘lib, u faqat ushbu Qonun 45-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslardagina fuqaroning roziligisiz taqdim etilishi mumkin.
26-modda. Tibbiy aralashuvga rozilik berish
Fuqaroning o‘z kasaliga doir ma’lumotlarni bilgan holda o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
Fuqaroning ahvoli o‘z xohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda fuqaroning manfaatini ko‘zlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal qiladi, basharti konsiliumga yig‘ilishning iloji bo‘lmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslarga va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy aralashuvga ularning qonuniy vakillari rozilik beradi. Ota-ona yoki boshqa qonuniy vakillar yo‘qligida tibbiy aralashuv to‘g‘risidagi qarorni konsilium qabul qiladi, basharti konsiliumga yig‘ilishning iloji bo‘lmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslari va bemorning qonuniy vakillarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor qabul qiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
27-modda. Tibbiy aralashuvni rad etish
Fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to‘xtatilishini talab qilish huquqiga ega, ushbu Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda shifokor yozma tasdiqnoma olishga, agar tasdiqnoma olishning iloji bo‘lmasa — tibbiy aralashuvni rad etishni guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan guvohlantirib olishga haqlidir.
Basharti tibbiy aralashuvni bemorning qonuniy vakili rad etsa va bu hol bemor uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa, shifokor bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik emlash
(28-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 2-avgustdagi O‘RQ-705-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atrofdagilar uchun xavfli kasallikka chalingan shaxslarga fuqarolar yoki ular qonuniy vakillarining roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatilishiga (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalxonaga yotqizish, kuzatish va yakkalab qo‘yishga) qonunchilikda belgilangan asoslarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(28-moddaning matni
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 91-96-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 32-bobi va O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkin.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 2-avgustdagi O‘RQ-705-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son)
III. FUQAROLARGA TIBBIY-IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISh
29-modda. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimi, jamoat birlashmalarining muassasalari ko‘rsatadigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy, qulay va bepul turi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(29-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
eng ko‘p tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolashni;
sanitariya-gigiyenaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng muhim kasalliklarning tibbiy profilaktikasini o‘tkazishni;
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarini, turar joylarda fuqarolarga tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa chora-tadbirlar ko‘rishni.
(29-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5 -son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy va boshqa xil sog‘liqni saqlash tizimlarining muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami shartnoma asosida amalga oshiriladi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shunday yordam ko‘rsatiladigan fuqarolarning ayrim guruhlari bundan mustasno.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning hajmi va tartibini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
30-modda. Shoshilinch va tez tibbiy yordam
Fuqarolar sog‘liqni saqlash tizimining har qanday davolash-profilaktika muassasasida shoshilinch tibbiy yordam olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga joylashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tartibga solinadi (3-ilova).
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tez tibbiy yordam sog‘liqni saqlash tizimining maxsus tez tibbiy yordam xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ko‘rsatiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi to‘g‘risida”gi nizom.
Fuqaroning hayoti xavf ostida bo‘lgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Militsiya, yong‘indan saqlash, avariya xizmatlari, transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek boshqa kasb-kor vakillari tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar voqea sodir bo‘lgan joyda qonunchilikka binoan zimmalariga yuklatilgan birlamchi shoshilinch yordamni ko‘rsatishlari shart.
(30-moddaning beshinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
31-modda. Ixtisoslashgan tibbiy yordam
Ixtisoslashgan tibbiy yordam profilaktika, tashxis qo‘yish, davolashning va murakkab tibbiy texnologiyalardan foydalanishning maxsus usullarini taqozo etuvchi kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam davolash-profilaktika muassasalarida mutaxassis shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatiladigan ixtisoslashgan tibbiy yordamning turlari, hajmi va sifat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
32-modda. Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat sog‘liqni saqlash tizimining tegishli davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi va doimiy tibbiy kuzatuv ta’minlanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar ro‘yxati va bunday kasalliklarga chalingan shaxslar uchun imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-sonli “Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash va bunday kasalliklarga duchor bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar belgilash to‘g‘risida”gi qarori.
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam turlari va hajmini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilaydi.
33-modda. Atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish
Atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish davlat sog‘liqni saqlash tizimining ana shunday maqsadga mo‘ljallangan muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-fevraldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar ro‘yxati”.
Atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamning turlari va hajmi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Profilaktika, tashxis qo‘yish, davolashning yangi usullarini, dori vositalari dezinfeksiya vositalarini qo‘llanish hamda biologik-tibbiy tadqiqotlar o‘tkazish tartibi
(34-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘liqni saqlash amaliyotida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llanishga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash usullaridan, tibbiyot texnologiyalari, dori vositalari va dezinfeksiya vositalaridan foydalaniladi.
(34-moddaning birinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘llanishga ruxsat etilmagan, lekin belgilangan tartibda ko‘rib chiqilayotgan tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalaridan bemorni davolash manfaatini ko‘zlab faqat uning ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi olinganidan keyin, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslarni davolashda esa faqat ularning hayoti bevosita xavf ostida qolgan taqdirda va qonuniy vakillarining yozma roziligi bilangina foydalanish mumkin.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalarini, dezinfeksiya vositalarini, shu jumladan chet elda foydalaniladiganlarini qo‘llanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Insonni obyekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga faqat laboratoriya tajribalari o‘tkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida yo‘l qo‘yiladi. Fuqaroni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.
Biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qo‘shimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid ma’lumotlar berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida unda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan o‘tmagan profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalarini targ‘ib qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish taqiqlanadi. Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
(34-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35-modda. Fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash
Retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati” (06.12.2019-y., ro‘yxat raqami 3200).
Dori vositalari va yakka tartibda foydalaniladigan tibbiy buyumlar bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanadigan fuqarolarning toifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari fuqarolarning dori vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanishi uchun retsept yozib berish huquqiga ega.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
IV. TIBBIY EKSPERTIZA
36-modda. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning kasallik, shikastlanganlik, homiladorlik, tuqqanlik, oilaning betob a’zosini parvarishlaganlik, protez qo‘ydirganlik, sanatoriy-kurortda davolanganlik munosabati bilan va boshqa hollardagi mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertizalash qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(36-moddaning birinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash davolash-profilaktika muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ekspertizasi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 872, 19.01.2000-y.).
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan o‘tkaziladi va ular fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqasini beradi. Xususiy va boshqa xil sog‘liqni saqlash tizimlarida davolangan fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilab qo‘yadigan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.).
Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizalanganida xodimni sog‘lig‘ining holatiga qarab vaqtincha yoki doimiy ravishda boshqa ishga o‘tkazish
zarurati va muddati aniqlanadi, shuningdek fuqaroni belgilangan tartibda, shu jumladan unda nogironlik belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga yo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.10.00 Vrachlik-mehnat ekspertizasi]
37-modda. Tibbiy-mehnat ekspertizasi
Tibbiy-mehnat ekspertizasi fuqarolar nogironligining sababi va guruhini, ularning mehnat layoqatini yo‘qotganlik darajasini, ular sog‘lig‘ini tiklashning turlari, hajmi va muddatini hamda ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini belgilaydi, tegishli xulosalar beradi. Ushbu xulosalar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriyati uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-mehnat ekspertizasini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilab qo‘yiladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Tibbiy-mehnat ekspertizasini o‘tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
38-modda. Harbiy-tibbiy ekspertiza
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy-tibbiy ekspertiza harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining zaxirasida (rezervida) turgan fuqarolarning hamda harbiy xizmatchilarning salomatligi jihatidan harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini, kasallik, yaradorlik, shikastlanganlik harbiy xizmat (harbiy yig‘inlarni o‘tash) bilan bog‘liqligini aniqlaydi, harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularning sog‘lig‘ini tiklashning turlari, hajmi va muddatini belgilaydi.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shuningdek harbiy yoki muqobil xizmatga chaqiriladigan, harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan fuqarolar va harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
[
TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud-ekspertiza muassasalari. Sudga oid tibbiy ekspertiza]
39-modda. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalari
Sud-tibbiyot ekspertizasi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida ekspert tomonidan, uning yo‘qligida esa — ekspertiza o‘tkazishga jalb etilgan shifokor tomonidan surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida o‘tkaziladi.
Sud-psixiatriya ekspertizasi davlat sog‘liqni saqlash tizimining shu maqsadga mo‘ljallangan muassasalarida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilab qo‘yiladi.
(39-moddaning uchinchi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi № O‘RQ-249-sonli “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”.
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini o‘tkazgan muassasalarning xulosalari ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
40-modda. Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish va odamning o‘lgan vaqtini aniqlash
Patologik-anatomik tadqiqotlar sog‘liqni saqlash muassasalarida odam hayotligida hamda o‘lganidan so‘ng tashxis qo‘yish (biopsiya va autopsiya), shuningdek, klinik sharoitda tashxis qo‘yish va kasallikni davolash ishlarining to‘g‘ri olib borilganligini nazorat qilish, o‘lim sabablari haqida aniq ma’lumotlar olish maqsadida o‘tkaziladi.
Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish va odamning o‘lgan vaqtini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
V. TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI
41-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga oliy yoki o‘rta maxsus tibbiyot o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risida diplom olgan shaxslar ega bo‘ladilar.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Tibbiyot va farmatsevtika ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomni xorijiy davlatlarda olgan shaxslarning tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizom.
O‘z kasbi bo‘yicha uch yildan ko‘p ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishiga tegishli o‘quv yurtlarida qayta tayyorgarlikdan o‘tganlaridan keyin yoki O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyalari o‘tkazadigan attestatsiya asosida yo‘l qo‘yiladi.
Tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy ma’lumoti bo‘lgan shaxslarning tibbiyot sohasida o‘rta ma’lumoti bo‘lgan xodimlar ishlaydigan lavozimlarda tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanishiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot o‘quv yurtlari talabalarining fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishda ta’lim dasturlariga muvofiq qatnashishiga tibbiyot xodimlari nazorati ostida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
G‘ayriqonuniy ravishda tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
43-modda. Professional tibbiyot va farmatsevtika uyushmalari
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va farmatsevtika amaliyotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasb faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish maqsadida ixtiyoriy asosda tarkib topadigan professional uyushmalar hamda boshqa jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional tibbiyot, farmatsevtika uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari o‘z faoliyatlarini ustavlar asosida va qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
(43-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
44-modda. O‘zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi
Shifokor diplomini olayotgan shaxslar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Shifokor degan yuksak unvonni olib, tibbiyot faoliyatiga kirishar ekanman:
o‘zimning bor bilim va mahoratimni bemorni davolashga hamda inson sog‘lig‘ini saqlashga bag‘ishlashga;
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har bir bemorga kuch-g‘ayratim va vaqtimni ayamay tibbiy yordam ko‘rsatishga;
bemorning sog‘lig‘ini shaxsiy manfaatlarimdan yuqori qo‘yishga, kamtar va halol bo‘lishga, o‘z bilim va mahoratimni doimo oshirib borishga;
shifokor sirini saqlashga;
kishilarga hamisha mehr-muruvvat va shifo topishlariga ishonch hadya etishga;
Buqrot, Abu Ali ibn Sino singari ulug‘ tabiblarning shonli an’analarini davom ettirishga tantanali qasamyod qilaman.
Ushbu qasamyodga umrimning oxirigacha sodiq qolishga qasamyod qilaman”.
Shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
45-modda. Shifokor siri
Fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, uning sog‘lig‘ining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma’lumotlar shifokor sirini tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalari”ning 20-bandi.
Shifokor siri hisoblangan ma’lumotlardan o‘qish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning bu ma’lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar bundan mustasno.
Shifokor siri hisoblangan ma’lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi:
ahvoli og‘irligi sababli o‘z xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;
yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;
tergov yoki sud tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning so‘rovi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam ko‘rsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;
(45-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
fuqaroning sog‘lig‘iga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud bo‘lganida.
Oldingi tahrirga qarang.
Shifokor siri hisoblangan ma’lumotlar qonunda belgilangan tartibda berilgan shaxslar shifokor sirini oshkor qilganlik uchun qonunga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan bab-baravar javobgar bo‘ladilar.
(45-moddaning to‘rtinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
46-modda. Fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollarda aybdorlar jabrlanganlar ko‘rgan zarar o‘rnini qonunchilikda belgilangan hajm va tartibda qoplashlari shart.
(46-moddaning birinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
G‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishga sarflangan mablag‘lar ularning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z kasb-kor vazifalarini malakali bajarmaganliklari oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(46-moddaning uchinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Zararning o‘rnini qoplash tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qonunga muvofiq intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
47-modda. Sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat qilish huquqi
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ushbu Qonunda belgilangan fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlari ustidan yuqori davlat organlariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
265-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 40-son, 411-modda; 2010-y., 20-son, 148-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son)