(18-q.)
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda bunday
qoʻshimcha tadbirlarni oʻtkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi, ularni
oʻtkazish muddati va aniq shakli koʻrsatiladi.
(19-q.)
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 146 va 147-
moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni soʻroq qilish, ekspertiza amalga
oshirilishi mumkin.
(20-q.)
Soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining
oʻtkazilgan qoʻshimcha tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini tasdiqlash uchun
olingan qoʻshimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga
doir xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning moddalariga oid havolalar, agar ushbu
Kodeksda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda
tutilgan boʻlsa, soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchada
qayd etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(21-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq
nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini oʻtkazgan soliq organining mansabdor shaxslari tomonidan
bunday tadbirlar tugagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tuzilishi va imzolanishi kerak.
(22-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq
nazoratining qoʻshimcha tadbirlari natijasida olingan materiallar ilova qilingan holda ushbu
qoʻshimcha tuzilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan
shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi
boshqa usulda topshirilishi kerak.
(23-q.)
Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki)
sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchani olishdan bosh tortsa, bunday fakt
tekshiruv dalolatnomasiga doir qoʻshimchada aks ettiriladi. Bunday holda soliq tekshiruvi
dalolatnomasiga doir qoʻshimcha tashkilotning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki
jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va buyurtma
xat yuborilgan sanadan eʼtiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.
(24-q.)
Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs (uning
vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida
tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qoʻshimcha boʻyicha umuman yoki uning alohida qoidalari
yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Dostları ilə paylaş: