Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Axborotga doir hamkorlik reglamenti



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

170-modda. Axborotga doir hamkorlik reglamenti 
(1-q.)
Soliq monitoringida ishtirok etuvchi yuridik shaxs va soliq organi oʻrtasidagi 
axborotga doir hamkorlik reglament asosida amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Axborotga doir hamkorlik reglamentida soliqlar hamda yigʻimlarni hisoblab chiqarish 
va toʻlash (ushlab qolish va oʻtkazib berish) uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi hujjatlarni 
(axborotni) soliq organiga elektron shaklda taqdim etish tartibi va (yoki) koʻrsatilgan hujjatlar 
(axborot) mavjud boʻlgan yuridik shaxsning axborot tizimlariga kirish tartibi aks ettiriladi. 
(3-q.)
Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik tartibini mustaqil ravishda tanlashga haqli. 
(4-q.)
Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik reglamentida: 
1) buxgalteriya (soliq) hisobi registrlarida daromad va xarajatlar, soliq solish obyektlarini 
aks ettirish tartibini; 
2) soliq hisobining tahliliy registrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni; 
3) soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va 
oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazib berilganligi) ustidan ichki nazorat tizimi toʻgʻrisidagi axborotni 
koʻrsatadi. 
(5-q.)
Ichki nazorat tizimi toʻgʻrisidagi axborot bunday tizim mavjud boʻlgan taqdirda 
taqdim etiladi. 
(6-q.)
Axborotga doir hamkorlik reglamentining shaklini va unga doir talablarni Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi. 
171-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 
(1-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza soliq monitoringi oʻtkaziladigan 
davrdan oldingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay hisobga olish joyidagi soliq organiga yuridik 
shaxs tomonidan taqdim etiladi. 


(2-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaning shaklini Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi. 
(3-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagilar taqdim etiladi: 
1) belgilangan shakl boʻyicha axborotga doir hamkorlik reglamenti; 
2) soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yuridik shaxsda bevosita va 
(yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi 25 foizni tashkil etadigan jismoniy 
va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi axborot; 
3) soliq solish maqsadi uchun amaldagi hisob siyosati. 
(4-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yuridik shaxs soliq organi 
tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul 
qilinguniga qadar chaqirib olish haqidagi yozma ariza asosida uni chaqirib olishi mumkin. 
(5-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza chaqirib olingan taqdirda berilgan deb 
hisoblanmaydi. 
(6-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani va ushbu moddaning uchinchi 
qismiga muvofiq yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (axborotni) koʻrib chiqish 
natijalari boʻyicha soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ariza berilgan yilning 1-noyabriga 
qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
1) soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni; 
2) soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorni. 
(7-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslantirilgan boʻlishi 
kerak. 
(8-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun 
quyidagilar asosdir: 
1) ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etmaslik yoki 
toʻliq hajmda taqdim etmaslik; 
2) ushbu Kodeksning 169-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya 
etmaslik; 
3) axborotga doir hamkorlik reglamentining belgilangan shakl va talablarga nomuvofiqligi. 
(9-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror (soliq monitoringini oʻtkazishni rad 
etish haqidagi qaror) qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida arizachiga yuboriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin