haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi. Moliyaviy sanksiyalarni undirishning suddan tashqari
tartibiga yoʻl qoʻyilmaydigan hollarda moliyaviy sanksiya qoʻllashning xuddi shunday tartibidan
foydalaniladi.
(2-q.)
Sudga murojaat qilingunga qadar soliq organi soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik
uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsga moliyaviy sanksiyaning tegishli summasini oʻz ixtiyori
bilan toʻlashni yozma shaklda taklif qilishi shart.
(3-q.)
Zarur boʻlgan hollarda, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka
tortilayotgan shaxsdan moliyaviy sanksiya undirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda soliq
organi qonunchilikda belgilangan tartibda talabnomani taʼminlash haqidagi iltimosnomani sudga
yuborishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi
ishlarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro etish
(1-q.)
Soliq organlarining yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi
tadbirkorlarga nisbatan
moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini nazarda tutuvchi qarorlari boʻyicha
moliyaviy sanksiyalar
summalarini undirish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 120-124-moddalarida nazarda
tutilgan tartibda mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Soliq organlarining arizasiga koʻra yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan
jismoniy
shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar undirish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan koʻrib
chiqiladi. Sudlarning moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi
qonuniy kuchga kirgan
qarorlarini ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: