179-modda. Narxlarni tartibga solishda bozor narxi
deb topishning oʻziga xos xususiyatlari
(1-q.)
Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxni belgilash, eng koʻp va (yoki) eng kam
chegaraviy narxlarni belgilash vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa,
koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar ushbu moddaning toʻrtinchi - yettinchi qismlarida nazarda
tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish maqsadida bozor narxlari deb
topiladi.
(2-q.)
Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxga doir eng koʻp va (yoki)
eng kam
ustamalar yoki narxlardan chegirmalar belgilash vositasida yoxud rentabellikka yoki foydaga doir
cheklovlar vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi
bitimlardagi narxlar soliq solish maqsadida ushbu moddaning sakkizinchi qismida belgilangan
oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda bozor narxlari deb topiladi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlar,
agar narxlarni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va chet davlatlarning
qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq
amalga oshirilsa, hisobga olinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Belgilangan narxlarga muvofiq boʻlgan narxlar va narxning kelishilgan formulasiga
muvofiq boʻlgan narxlar bozor narxlari deb topiladi.
(5-q.)
Eng kam chegaraviy narxni belgilashda bunday narx, agar bozor narxlari oraligʻining
ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng kam chegaraviy narx hisobga olinmagan holda
aniqlangan eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, bozor narxini
aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxga
teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng koʻp koʻrsatkich esa uning
ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng koʻp koʻrsatkichiga teng ravishda qabul
qilinadi.
(6-q.)
Eng koʻp chegaraviy narxni belgilash chogʻida bunday narx bozor narxini
aniqlashda,
agar ushbu eng koʻp chegaraviy narx bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga
muvofiq mazkur eng koʻp chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng koʻp
koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng koʻp
koʻrsatkichi ushbu eng koʻp chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb
eʼtirof etiladi, eng kam koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan
eng kam koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi.
(7-q.)
Bir vaqtning oʻzida eng kam va eng koʻp chegaraviy narxlar belgilanganda ular bozor
narxlarini aniqlashda, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 24-bobiga muvofiq
aniqlangan eng kam koʻrsatkichi eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, eng koʻp chegaraviy
narx esa bozor narxlarining ushbu oraligʻining eng koʻp koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini
aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, bozor narxlari oraligʻining
tegishincha eng kam va
(yoki) eng koʻp koʻrsatkichiga ushbu moddaning beshinchi - oltinchi qismlariga muvofiq
tuzatishlar kiritiladi.
(8-q.)
Agar bitim uchun narxga doir eng kam va (yoki) eng koʻp ustamalar belgilangan boʻlsa
yoxud rentabellik yoki foyda miqdorlari uchun boshqa cheklovlar belgilangan boʻlsa, ushbu
Kodeksning 23-bobiga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraliqlariga (rentabellik oraliqlariga)