2) oʻz zimmasiga hech qanday tavakkalchiliklarni qabul qilmasa va tovarlarni (xizmatlarni)
bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish uchun hech
qanday aktivlardan foydalanmasa, qoʻllaniladi.
(6-q.)
Ushbu modda maqsadida kalendar yil uchun bitimlar boʻyicha daromadlar summasi
bir shaxs (oʻzaro aloqador shaxslar) bilan tuzilgan shunday bitimlar boʻyicha kalendar yilda
olingan daromadlar summasini foyda soligʻi uchun belgilangan daromadlarni eʼtirof etish tartibini
hisobga olgan holda qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
(7-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlardagi daromadlarni soliq solish maqsadida aniqlash uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bunday bitimlarni yoki jami shunday bitimlarni
(bundan buyon ushbu boʻlimda tahlil etiladigan bitim deb yuritiladi) taraflari mustaqil shaxslar
boʻlgan bitta yoki bir nechta bitim (bundan buyon ushbu boʻlimda taqqoslanadigan bitimlar deb
yuritiladi) bilan taqqoslashni amalga oshiradi. Bunday taqqoslash ushbu boʻlimda nazarda tutilgan
transfert narx belgilash chogʻida daromadlarni aniqlash uslublarini tanlash va ularni keyinchalik
qoʻllash maqsadida amalga oshiriladi.
(8-q.)
Bitimlar boʻyicha daromadlar summasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
soliq qoʻmitasi bitimlar boʻyicha olingan daromadlar summasini ularning bozordagi darajasiga
muvofiqligini ushbu Kodeksning 22 va 23-boblari qoidalarini inobatga olgan holda tekshirishga
haqli.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra, sud bitimni
mazkur bitimning ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob
bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar
guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda nazorat
qilinadigan bitim deb eʼtirof etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: