aloqador yoki mustaqil shaxslar ekanligi eʼtiborga olinmaydi. Xuddi shunday qoidalar ushbu
boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining soliq
rezidentlari boʻlgan bitimlarda qoʻllanilishi mumkin.
(5-q.)
Soliq solish maqsadida daromadlarni hisobga olish budjet tizimiga toʻlanishi lozim
boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq
aniqlanadigan zarar summasining koʻpayishiga olib kelmagan taqdirda, bunday hisobga olish
ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-q.)
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan daromadlarni
aniqlash ushbu boʻlimda belgilangan usullarni qoʻllagan holda transfert narxni belgilash chogʻida
soliq nazorati doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga
oshiriladi. Mazkur qoida soliq toʻlovchining bitimning haqiqiy narxi oʻrniga soliq summasini
hisoblab chiqarish chogʻida bitimning bozor narxini soliq solish maqsadida mustaqil ravishda
qoʻllash huquqini, agar bu narx haqiqiy narxdan farq qilsa va ushbu moddaning beshinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, cheklamaydi.
(7-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq
nazorati doirasida, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda quyidagi soliqlarning toʻliq hisoblab
chiqarilishi va toʻlanishini tekshiradi:
1) foyda soligʻini;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini;
3) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni;
4) qoʻshilgan qiymat soligʻini;
5) aksiz soligʻini.
(8-q.)
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqqa oid qismi boʻyicha transfert narxni
belgilash chogʻidagi soliq nazorati, agar bitimning taraflaridan biri mazkur soliqni soliq toʻlovchisi
boʻlsa hamda qazib olinishi chogʻida soliq solish advalor soliq stavkasi boʻyicha amalga
oshiriladigan foydali qazilma bitimning predmeti boʻlsa, amalga oshiriladi.
(9-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻiga oid qismi boʻyicha transfert narxni
belgilash chogʻidagi soliq nazorati, agar bitimning taraflaridan biri tegishli soliq toʻlovchisi
boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, amalga oshiriladi.
(10-q.)
Transfert narxni belgilash chogʻidagi soliq nazorati maxsus iqtisodiy zonalar
ishtirokchilarining bunday ishtirokchi boʻlmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlariga nisbatan ham
amalga oshirilishi mumkin.
(11-q.)
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati natijasida ushbu moddaning yettinchi -
oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan soliq summalari kamaytirilganligi yoki zararning summasi
koʻpaytirilganligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tegishli
soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: