oshirishga haqli. Bunday tuzatish kiritish summalariga tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan
soliqlar
boʻyicha soliq davrini (soliq davrlarini) oʻz ichiga oluvchi kalendar yil oʻtgach amalga oshiriladi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi qaysi bitimga nisbatan soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga
mustaqil ravishda tuzatish kiritgan boʻlsa, oʻsha bitimni identifikatsiya qilish imkonini beradigan
maʼlumotlar tegishli aniqlashtirilgan soliq hisobotiga ilova qilinadigan tushuntirishlarda
koʻrsatiladi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritish:
1) yuridik shaxslar tomonidan - foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish uchun
belgilangan
muddatlarda;
2) jismoniy shaxslar tomonidan - jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida
deklaratsiyani topshirish muddatlarida amalga oshirilishi mumkin.
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tuzatish kiritish
natijalariga koʻra soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan toʻlanmagan soliqlar
summasi tegishli soliq davri uchun foyda soligʻini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
soligʻini) toʻlash sanasidan kechiktirilmagan muddatda toʻlanishi kerak.
Bunda taqdim etilgan
aniqlashtirilgan hisobot boʻyicha soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan to mazkur moddasining
uchinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar boʻlgan davr uchun toʻlanmagan soliqlar
summasiga penyalar hisoblanmaydi.
(5-q.)
Kalendar yil ichida tugaydigan soliq davrlarining (hisobot davrlarining) yakunlari
boʻyicha soliqlarni (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarishda soliq toʻlovchi bitimlarning
haqiqiy narxlaridan foydalanishga haqli.
Dostları ilə paylaş: