sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib
ravishda hisoblab chiqariladi. Bunda soliqqa tuzatish kiritish summasi mazkur obyektlar balans
qiymatining koʻpayishiga olib boriladi.
(3-q.)
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida soliq
toʻlovchi tomonidan ushbu boʻlimga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi
tuzatish kiritishga va hisoblab chiqarilgan soliq summasini ushbu moddaning ikkinchi qismida
nazarda tutilganiga oʻxshash tartibda hisobga olish uchun qabul qilishga haqli.
(4-q.)
Ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan obyektlar
boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi, agar soliq toʻlovchi tomonidan
keyinchalik bunday obyektlardan ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1-bandida
koʻrsatilgan maqsadlar uchun foydalanilsa, hisobga oʻtkazilishi lozim, bundan toʻliq amortizatsiya
qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt oʻtgan obyektlar mustasno.
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliqqa tuzatish kiritish summasi ilgari
mazkur obyektlar qiymatiga kiritilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning tegishli
soliq summasini oʻz ichiga oladigan, bunday tuzatish kiritilgan sanadagi (qayta baholash hisobga
olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Ushbu
qismga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu Kodeksning 266-
moddasi uchinchi qismida belgilangan tartibda hisobga oʻtkazilishi lozim.
(6-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan keyinchalik
realizatsiya qilinishi soliq solishdan ozod etilgan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish)
uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi hisobga oʻtkaziladigan soliq summasiga tuzatish
kiritishni amalga oshirish hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga
oʻxshash tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasini tiklashi kerak.
(7-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan realizatsiyasiga soliq
solinadigan tovarlarni (xizmatlarni) ham, soliq solishdan ozod qilingan tovarlarni ishlab chiqarish
(xizmatlarni koʻrsatish) uchun ham foydalanilgan taqdirda, tiklanishi lozim boʻlgan soliq summasi
koʻrsatilgan obyekt boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan, obyektning bunday tuzatish
kiritilgan sanadagi balans (qoldiq) qiymatiga (qayta hisoblashni hisobga olmagan holda) toʻgʻri
keladigan soliq summasining qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qism soliq solishdan ozod qilingan
realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining joriy kalendar yili davomida oʻsib boruvchi
yakun bilan aniqlanadigan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) umumiy qiymatining ulushiga
mutanosib ravishda belgilanadi.
(8-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida ham
realizatsiya qilish aylanmasi soliq solishdan ozod qilinadigan, ham realizatsiya qilish aylanmasiga
soliq solinadigan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalanilsa, hisobga
olinmaydigan soliq summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
1) ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibga oʻxshash tartibda hisoblab
chiqarilgan, obyektning balans (qoldiq) qiymatida hisobga olingan soliq summasi ajratiladi;
2) ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga
olinmaydigan, soliq solishdan ozod qilingan aylanmaga toʻgʻri keladigan soliq summasining
ajratilgan qismi aniqlanadi. Qoldiq summa ushbu bobga muvofiq hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: