(2-q.)
Guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish
uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi
lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda,
guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchida va uning
xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi).
267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan
toʻlangan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga
olinmaydi:
1) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari ushbu boʻlimga muvofiq soliq solishdan ozod
etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun
moʻljallangan asosiy vositalar, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda
(olib kirilganda);
2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan asosiy vositalarni, koʻchmas
mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta
jihozlash va taʼmirlash uchun sotib olinganda;
3) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab
chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda;
4) tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi
tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda;
5) vakillik xarajatlari;
6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular boʻyicha soliq toʻlagan hollar
mustasno;
7) soliq toʻlovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, ushbu
Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib
tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chogʻida toʻlagan soliq summalari
quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chogʻida ham, agar bu tovarlarni
(xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq boʻlmasa, hisobga
olinmaydi:
1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni,
shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilgʻini;
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini.
(3-q.)
Ushbu Kodeksning 268-270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga
olinadi.
Dostları ilə paylaş: