263-modda. Xalqaro tashishlar bilan bogʻliq xizmatlarga soliq solish Nol stavka boʻyicha soliq solish quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida amalga oshiriladi:
1) tovarlarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlarni. Tovarlarni xalqaro tashish deganda
tovarlarning joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, temir yoʻl transporti va (yoki)
avtotransport vositalari orqali tashish tushuniladi;
2) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona
organidan to Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha
tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlarni;
3) tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, basharti
yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni tashish
boʻyicha xizmatlarni;
4) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilinadigan tovarlarni tashish
yoki transportda tashish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi qayta ishlash
mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan tashuvchilar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni.
Ushbu bandning qoidalari, basharti tashish hujjatlarida bojxona organlarining belgilari qoʻyilgan
boʻlsa, qoʻllaniladi;
5) havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston
Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan aeronavigatsiya
xizmatini.
264-modda. Ayrim hollarda nol darajali