jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari
- uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari
va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari,
nevaralari, shuningdek erining (xotinining)
ota-onasi;
ijara (lizing) toʻlovi
- ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing)
shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan toʻlanadigan summa;
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi
-
moliyaviy
ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) toʻlovi summasi va qiymati oʻrtasidagi farq;
nazorat-kassa texnikasi
- fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal
toʻplagichlardagi fiskal maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni
shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar
operatori orqali
topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi
qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi
boshqa
qurilmalar hamda
dasturiy-texnik majmualar;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni
tahriridagi xatboshi)
ortiqcha toʻlangan soliq summasi (penya, jarima)
- soliqning (penyaning, jarimaning)
toʻlangan summasi bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq.
Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha toʻlangan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki)
soliq toʻlovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga
oʻtkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob
qilish sanasida aniqlanadi;
Dostları ilə paylaş: